AsosiyJAMIYAT

Mirziyoyev Toni Bler bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toni Blyor Yangi O‘zbekistonda kechayotgan izchil va keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga yuqori baho berdi.

'Mirziyoyev Toni Bler bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi'ning rasmi

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Toni Bler Yangi O‘zbekistonda kechayotgan izchil va keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga yuqori baho berdi.

Shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lganini qayd etdi.

Suhbat chog‘ida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb qilish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy etish hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    Boshqa yangiliklar