Qirg'iziston parlamenti — Jogorku Kenesh mamlakat prezidenti va parlament deputatlari saylovlarini o'tkazish tartibiga doir konstitutsiyaviy qonunga kiritilayotgan o'zgartirishlarni uch o'qishda ma'qulladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, qonunchilik tashabbusi mamlakat Prezidenti tomonidan ilgari surilgan bo'lib, unda prezidentlik saylovlarini o'tkazish muddatlari va tartibini aniq belgilash ko'zda tutilgan.
Qirg'iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Tinchtik Shaynazarovning aytishicha, o'zgartirishlar amaldagi qonunchilikni Konstitutsiya talablariga muvofiqlashtirish hamda saylov sanasini aniq belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Yangi tartibga ko'ra, prezidentlik saylovlari har etti yilda yanvar oyining to'rtinchi yakshanbasida o'tkaziladi. Shuningdek, ovoz berish sanasi kamida to'rt oy oldin rasman e'lon qilinishi shart.
Mazkur o'zgarishlardan kelib chiqib, Qirg'izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil 24 yanvar kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Jogorku Kenesh raisi Marlen Mamataliyevning ta'kidlashicha, yangi tartib saylovchilar ishtirokini oshirish va ovoz berish jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi endilikda imzolash uchun Qirg'iziston Prezidentiga yuboriladi. Hujjat davlat rahbari tomonidan imzolanib, rasmiy e'lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.






