AsosiyJAMIYAT

Andijonda tadbirlardan qaytayotgan o‘quvchilar ishtirokidagi YTHda bir nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Andijonda tadbirlardan qaytayotgan o‘quvchilar ishtirokidagi YTHda bir nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.'ning rasmi

Andijon viloyatining Asaka tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, bir nafar o‘quvchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 23 iyun kuni soat 12:30 atrofida Asaka tumanidagi "Dasturxonchi" mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan T.X. boshqaruvidagi Damas avtomobili chorrahada chapga burilish vaqtida qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan ZIL-138 rusumli yuk avtomobiliga yo‘l bermagan va ikki transport vositasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Damas avtomobilida bo‘lgan 2011 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi N.F. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, o‘quvchining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda mazkur o‘quvchilar "Andijon polkasi" tadbiridan qaytayotgani aytilgan.

    Boshqa yangiliklar