AsosiyJamiyat

Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonliklar uchun Yaponiyada avtobus haydovchisi bo‘lib ishlash imkonini beruvchi yangi dastur yo‘lga qo‘yilmoqda.

'Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi'ning rasmi

Willer Express O‘zbekistondan haydovchilarni jalb etishga qiziqish bildirgani haqida Migratsiya agentligi ma’lum qildi. Loyiha shuningdek Onodera User Run bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Uch tomonlama kelishuvga ko‘ra, mamlakatda haydovchilarni tayyorlash tizimi joriy etiladi. Toshkent shahrida zamonaviy o‘quv poligoni qurilib, amaliy mashg‘ulotlar Yaponiyadan olib kelingan o‘ng rulii avtobuslarda o‘tkaziladi.

Dastur qatnashchilari Yaponiyada 5 yilgacha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu vaqt davomida xavfsizlik va servis yo‘nalishida tajriba to‘playdi. Keyinchalik ular O‘zbekistonga qaytib, ortirgan ko‘nikmalarini mahalliy sohada qo‘llashi mumkin.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar intizomli va mehnatkash kadrlar sifatida yuqori baholanmoqda. Kelgusida ushbu loyihani nafaqat poytaxtda, balki boshqa hududlarda ham kengaytirish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar