AsosiyJAMIYAT

Yaponiyada noqonuniy yashagan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza asosida kirib, viza muddati yakunlanganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolgan.

'Yaponiyada noqonuniy yashagan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi'ning rasmi

Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan O'zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati ma'lum qildi

Qayd etilishicha, fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza asosida kirgan. Biroq viza muddati yakunlanganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolgan. Keyinchalik u migratsiya organlari tomonidan aniqlanib, hibsga olingan va deportatsiya qilingan. 

Elchixona noqonuniy ravishda mamlakatda qolish yoki ishlash holatlari aniqlansa, qoidabuzarlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rilishini eslatdi. Jumladan, ular politsiya tomonidan hibsga olinishi, migratsiya markaziga joylashtirilishi hamda o'z vataniga deportatsiya qilinishi mumkin. 

Shuningdek, Yaponiya hukumati qoidabuzarlar haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston hukumatiga ham taqdim etishi bildirildi. Shu sababli, deportatsiya qilingan shaxslarga vatanga qaytgach amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko'rilishi mumkin. 

Diplomatik vakolatxona fuqarolarni xorijda noqonuniy ishlash yoki yashashga undaydigan yolg'on va'dalarga ishonmaslikka chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar