Kerakli masalliqlar:
250 gr. un
45 gr. kakao
150 gr. yumshatilgan sariyog`
100 gr. shakar
75 gr. qo`ng`ir shakar
bir dona tuxum
vanilin
Tayyorlanish jarayoni:
1. Masalliqlardan yumshoq xamir qorin
2. Tayyor xamirni 3 hil kattalikdagi dumaloq shaklda kesib olib pishirasiz.
3. Bezak uchun esa oq shokoladdan glazur va qurutilga apelsin po`sti kerak bo`ladi.
4. Tayyor doiralarga glazur surtib, pechenelarni ustma ust terib chiqamiz.
5. Va qotishi uchun qo`yib qo`yamiz.
6. Qor parchasini ham xuddi shu usulda tayyorlaymiz. Maxsus qor shaklli qoliplarda qor parchalarini kesib olamiz.
7. Kesib olingan qor parchalarini pergament qog`ozi to`shalgan gaz listida pishirib olamiz.
8. Pishgan qor parchalarini galazurga bulg`ab olamiz.
9. Glazur qotganida qor parchasi tayyor bo`ladi.