Zarur masalliqlar: 400 gr. etsiz baliq go`shti (lahm), maydalangan zanjabil, tuz.
Garnir uchun: 2-3 ta qaynatilgan kartoshka, 2 tadan sabzi va bodring (tuzlanganidan foydalanishingiz ham mumkin), 50 gr. yashil no`xat, mayonez.
Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini tuzlang-da, zanjabil seping. Keyin ruletdek qilib o`rab, cho`p bilan mahkamlang. Qozonga zichlab joylashtirib, ustidan qaynagan suv quying-da, past olovda 20 daqiqa qaynating.
3. Sabzavotlarni to`rtburchak shaklda to`g`rab, yashil no`xat va mayonez solib, aralashtiring. Sovigach, likopchaga soling.
4. O`ramani bo`laklarga bo`lib, garnir yonidan terib chiqing. Bulg`or qalampiri, limon va ko`katlar bilan bezatib, dasturxonga tortasiz.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.





