Zarur masalliqlar: 100 grammdan qisqichbaqa tayoqchalari, qaynatilgan guruch, konservalangan makkajo`xori, 3 ta tuxum, 3 osh qoshiq mayonez yoki quyuq smetana, tuz, kokos qirindisi.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tuxumni mayda to`g`rang. Qisqichbaqa tayoqchalarini yirik tishli qirg`ichdan o`tkazib, tuxum, makkajo`xori va guruch qo`shing. Tuz sepib, mayonez bilan yaxshilab qorishtiring.
2. Tayyor bo`lgan massadan o`rtacha kattalikda sharchalar yasab, kokos qirindisiga bulab oling. Qorbobo hosil qilish uchun bir-biriga yopishtirib, sabzidan boshiga chelak, zaytundan ko`z va og`iz yasang.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa.