AsosiySUG'DIYONA

«Qorbobo qalpog`i» - o`z qo`llarimiz bilan yasaymiz!

Zarur masalliqlar: xamiriga: 150 gr. un, 125 millilitrdan sut va suv, 100 gr. sariyog`, 4 dona tuxum, yarim choy qoshiq shakar, tuz; ichiga solishga: 1 banka qizil ikra, 100 gr. sariyog`; bezak uchun: shivit.

Tayyorlanishi: 1. Sut, suv va sariyog`ni aralashtirib, olovga qo`ying-da, 5 daqiqa qaynating.

2. Un, shakar va tuzni soling-da, tez aralashtirib, olovni o`chiring. So`ngra yana yaxshilab aralashtiring.

3. Xamir biroz sovugach, bittadan tuxum qo`shib, blenderning quyi tezligida aralashtiring.

4. Xamirni konditer qopchasiga soling. So`ngra pishiriq qog`ozi joylangan qolipga muzqaymoq shaklida siqib chiqaring. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`yasiz. 10 daqiqadan so`ng issiqlikni 175 darajaga tushirib, yana 10 daqiqaga qoldiring.

4. Sovigach, pishiriqlarni o`rtasidan kesing. Faqat pichoqni oxirigacha yurgizmang. Shunda dengiz chig`anoqlari kabi bo`ladi. Endi pishiriq o`rtasiga sarg`iyog` surtib, qizil ikradan solasiz va shivit bilan bezatasiz.

45 daqiqa

6 kishilik

Boshqa yangiliklar