Zarur masalliqlar: 1 ta seld balig`i, 8 ta krab tayoqchasi, 5 ta kartoshka, 2 bosh lavlagi, yarim bosh piyoz, 1 osh qoshiq konservalangan no`xat, mayonez, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan sabzi, lavlagi, tuxum va kartoshkani tozalang. Lavlagini katta tishli qirg`ichdan o`tkazing, piyozni maydalab, kartoshka, sabzi, tuxum va 7 ta krab tayoqchasini bir xil kattalikda to`rtburchak shaklda to`g`rang.
2. Tuzlangan seld balig`ining terisini olib tashlab, uni ham to`rtburchak shaklda to`g`rang. Mayonezdan ko`proq qo`shib, barcha masalliqlarni aralashtiring.
3. Bezak uchun ikkita idishga 1-2 osh qoshiqdan mayonez solib, biriga qaynatilgan lavlagi sharbati, ikkinchisiga qaynatilgan sabzi sharbatini qo`shing. Bir bo`lak krab tayoqchasini juda maydalab to`g`rang. Aralashma va salatni biroz muddatga muzlatkichga qo`ying.
4. Salat idishiga masalliqni solib, ustidan ikki xil rangdagi mayonezdan quying, krab tayoqchasi bo`laklarini seping va no`xatni tering.
20 daqiqa
6 kishilik





