AsosiySUG'DIYONA

«Ertakdagi uy» pryanigi - bolajonlaringizni xursand qiling!

Zarur masalliqlar: 7,5 stakan un, 250 grammdan asal va shakar, 100 gr. sariyog`, 3 dona tuxum, 1 choy qoshiq sirkada so`ndirilgan iste`mol sodasi, 2 osh qoshiq shirinliklar uchun ziravorlar (yarim choy qoshiq dolchin, 5 tadan yulduzcha (gvozdika) va kardamon, 2 ta badyan yulduzchasi, yarim choy qoshiq quruq zanjabil); glazur uchun: 200 gr. qand upasi, 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq limon sharbati; sirop uchun: yarim stakan shakar, 2 osh qoshiq suv.

Tayyorlanishi: 1. Asal, shakar va sariyog`ni aralashtiring. Suv bug`ida to shakar va sariyog` eriguncha aralashtirib ushlab turing.

2. Barcha ziravorlarni ezib, elakdan o`tkazing-da, asalli aralashmaga qo`shing. Ozgina un va iste`mol sodasini solib, Yana bir bor aralashtiring-da, olovdan oling.

3. Aralashmamiz xona haroratida sovugach, tuxum qo`shing. So`ngra un qo`shib, xamir qoring-da, xamirni sellofanga o`rab, bir kunga muzlatkichga qo`ying.

4. Qattiq qog`ozdan uycha yasashimiz uchun 3 ta 3 xil kattalikda to`rtburchak shakl, 2 ta bir xil kattalikda uchburchak shakl kesib oling (rasmga qarang).

5. Xamirni yoyib, qattiq qog`ozlarni qo`yib, bitta katta to`rtburchak, 4 ta kichikroq va 2 ta yuqori qismi uchburchak bo`lgan shakllar kesib olamiz. Qolgan xamir bo`laklaridan archa shalklarini yasang. Kesilgan xamirlarni yog`langan patnisga joylab, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo`yamiz.

5. Tuxum oqiga qand upasi va limon sharbati qo`shib, sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring. So`ngra pishgan xamir bo`laklarini glazur bilan bezating.

5. Glazur qotguncha suv va shakarni olovga qo`yib, aralashtirib turgan holda qiyom tayyorlaymiz. So`ngra qiyom bilan «uy» bo`laklarini bir-biriga yopishtirib, «archalar» bilan bezatamiz. 

3 soat

6 kishilik

Boshqa yangiliklar