AsosiyJAMIYAT

Saida Mirziyoyeva: "Odamlar dod deganicha bor"

Saida Mirziyoyevaning ma'lum qilishicha, "Lolazor" mahallasida mahalla ahli tomonidan ekilgan daraxtlar kesib tashlangan, bolalar maydonchasi o'rnida esa biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan.

'Saida Mirziyoyeva: "Odamlar dod deganicha bor"'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi "Lolazor" mahallasidagi holatni o‘rganib, poytaxtda umumiy foydalanish uchun ajratilgan hududlarda olib borilayotgan ayrim qurilishlarni keskin tanqid qildi.

Uning qayd etishicha, aholi foydalanishi uchun mo‘ljallangan hududlar ofis yoki turar joy binolarini qurish uchun emas, balki o‘z vazifasiga muvofiq xizmat qilishi lozim.

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, "Lolazor" mahallasida mahalla ahli tomonidan ekilgan daraxtlar kesib tashlangan, bolalar maydonchasi o‘rnida esa biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan.

"Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti", deb yozdi u.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish vazifasi yuklatilgan. Xususan, qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlariga rioya etilgani hamda aholi huquqlari ta’minlangani tekshiriladi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, tekshiruvlar davomida qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ullarga nisbatan murosasiz choralar ko‘riladi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda, aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi va ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkin.

    Boshqa yangiliklar