AsosiyJINOYAT

Fuqarodan 200 ming dollar talab qilgan “Kazanskiy” ushlandi

Kredit rasmiylashtirishdan bosh tortib, obyektni egasiga qaytarish evaziga undan 200 ming dollar talab qilgan.

'Fuqarodan 200 ming dollar talab qilgan “Kazanskiy” ushlandi'ning rasmi

Farg'ona viloyatida uyushgan jinoyatchilikka aloqadorligi aytilgan “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, Aripov Mansur Fozilovich Toshkentda yashovchi fuqaroning noturar joyini 1,2 million dollarga sotib olishga kelishgan. Ob'ekt uning nomiga rasmiylashtirilganidan keyin bank krediti shartlari bilan tanishib, qarz olishdan bosh tortgan.

Shundan so'ng u noturar joyni egasiga qaytarish evaziga 200 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. Shuningdek, Aripov sherigi bilan birga jabrlanuvchining tadbirkor hamkoriga bosim o'tkazib, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo'rqitgan va pul talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Farg'ona shahridagi notarial idorada binoga bo'lgan huquqni qayta rasmiylashtirish evaziga 100 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Jinoyatga aloqador shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Huquq-tartibot organlari mazkur shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr ko'rgan fuqarolarni 102 raqami orqali xabar berishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar

    Fuqarodan 200 ming dollar talab qilgan “Kazanskiy” ushlandi - Darakchi.uz