Bayramdan so`ng ortiqcha vazndan tezda qanday qutulish kerak? Nima qilsa bo`ladi? Bu maqsadda sizga maxsus parhez taklif etamiz.
1. Birinchi kun — engil taomlanadigan kun.
Kechasi muzdek suvga 200 gr. guruchni ivitib qo`ying. Ertalab unga 500 ml. qaynagan suv quyib, 20 daqiqa qaynating. Pishgan guruchni 8 єismga bo`ling-da, kun bo`yi 8 marta oz-ozdan eb yuring. ªo`shimcha ravishda shakarsiz ko`k choy va 2 l. suv iching. Boshqa hech narsa emang.
2. Ikkinchi kun.
1-nonushta: yangi siqilgan olma, sabzi va seldereyli sharbat, 200 gr. suli yormasidan bo`tqa, 3 dona olxo`ri qoqisi.
2-nonushta: istalgan meva yoki yangi siqilgan meva sharbati. Tushlik: sabzavotli pyure-sho`rva, 2 bo`lak javdari non.
Tolmachoy: 1 dona olma.
Kechki ovqat: apelsin, mandarin va olmadan tayyorlangan limon sharbati sepilgan salat.
Uxlashdan oldin: 1 stakan kefirga javdari kepagi solingan kokteyl.
3. Uchinchi kun — engil ovqatlanish kuni.
1,5 kg. qaynatilgan, dimlangan yoki xom sabzavotlarni kun davomida eng.
4. To`rtinchi kun.
1-nonushta: 1 dona qaynatilgan tuxum, 1 stakan sabzi, apelsin, seldereyli yangi siqilgan sharbat.
2-nonushta: lavlagi va olxo`ri qoqisidan tayyorlangan 200 gr. salat.
Tushlik: kartoshkadan tashqari istalgan sabzavotlardan tayyorlangan sho`rva va qaynatilgan tovuq go`shti.
Tolmachoy: 1 dona apelsin.
Kechki ovqat: dimlangan baliq, bodring, ko`katli zaytun yog`ida aralashtirilgan salat.
Uxlashdan oldin: 1 stakan kefir va jaydari kepagi.
5. Beshinchi kun.
1-nonushta: 200 gr. suli yormasidan bo`tqa, olxo`ri qoqisi, apelsin, limon, greypfrutli yangi siqilgan 1 stakan sharbat.
2-nonushta: 1 dona olma.
Tushlik: kabachki va sabzidan pyure-sho`rva, qaynatilgan baliq go`shti va ko`kat.
Tolmachoy: 1 dona mandarin.
Kechki ovqat: dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan, zaytun yog`i aralashtirilgan salat.
Uxlashdan oldin: 1 stakan kefirga javdari kepagi solingan kokteyl.
6. Oltinchi kun.
1-nonushta: 200 gr. grechixali bo`tqa, 1 stakan apelsin, sabzi va limonli sharbat.
2-nonushta: 1 dona mandarin. Tushlik: brokkoli va gulkaramdan tayyorlangan sho`rva va bir dona tuxum.
Tolmachoy: 1 dona olma.
Kechki ovqat: yog`siz 200 gr. tvorog, ko`kat va bodringli salat.
Uxlashdan oldin: 1 stakan kefir va javdari kepagi.
7. Ettinchi kun — engil ovqatlanadigan kun.
1,5 l. kefirni kun bo`yi ichib yuring. Qo`shimcha ravishda 2 l. suv va ko`k choy iching.





