AsosiySIYOSAT

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Komil Allamjonov 2025 yil iyun oyidan Prezident administratsiyasi rahbarining maslahatchisi sifatida, shu yil noyabridan esa Administratsiyaning AQShdagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

'Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi maslahatchisi Komil Allamjonov O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan prezident farmoniga ko‘ra "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Allamjonov 2025 yil iyun oyidan buyon Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi maslahatchisi, shuningdek, 2025 yil noyabridan Administratsiyaning AQShdagi vakili lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Uning mazkur lavozimlardagi faoliyati davrida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, ikki davlat o‘rtasida AQSh–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etildi. Shuningdek, amerikalik investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, mamlakatda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha ishlar faollashdi.

Allamjonov, shuningdek, Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritadi.

    Boshqa yangiliklar

    Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi - Darakchi.uz