AsosiySIYOSAT

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga "Oliy darajali Do‘stlik" ordeni topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur mukofotni ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi uchun berilganini ta’kidladi.

'Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga "Oliy darajali Do‘stlik" ordeni topshirildi'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga O‘zbekistonning "Oliy darajali Do‘stlik" ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofot Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan berildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror Narendra Modining O‘zbekiston va Hindiston xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan beqiyos hissasiga yuksak ehtirom ifodasi ekanini ta’kidladi.

Prezident Hindistonning so‘nggi yillardagi jadal taraqqiyoti va xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini qayd etdi.

"Umumiy intilish va harakatlarimiz bilan ko‘p qirrali va uzoq muddatli aloqalarimiz kelgusida ham jadal rivojlanib borishiga aminman", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2030 yilga qadar 5 milliard dollarga etkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar

    Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga "Oliy darajali Do‘stlik" ordeni topshirildi - Darakchi.uz