1

Mazali teftel tayyorlash sirlari

SUG'DIYONA 03.01.2017, 17:01
Teglar: Taom, SUGDIYONA
Mazali teftel tayyorlash sirlari

Xushbo`y, shirali, qaylada dimlangan guruch va go`shtli sharchalar har kimning ishtahasini qitiqlovchi taom, shundaymi? Endi ularni yanada totli qilib tayyorlash mumkin. Buning yo`li oson.  

1.    Teftellarni faqatgina o`simlik yog`ida qovurib oling, aslo zaytun moyi, margarin, sariyog` yoki dumba yog`ida emas. Qizigan zaytun moyida qovurilgan teftellar bemaza chiqadi.

2.    Teftellarni yasash oson bo`lishi uchun unga 1 dona tuxum yoki yorma soling.

3.    Mol go`shti+tovuq go`shti yoki qo`y go`shti+mol go`shtini aralashtirib tayyorlangan teftellar mazaliroq chiqadi.

4.    Agar teftellarni gaz pechida pishirishga qaror qilgan bo`lsangiz, qayla tayyorlashda bor fantaziyangizni ishga soling. Sabzavotlar, qaymoq, qirg`ichdan o`tkazilgan pomidor va unni aralashtirib qayla tayyorlang. Teftelning mazasi ko`p jihatdan qaylaga bog`liq.

5.    Qovurilgan teftellar ustiga darrov qayla quymang. Avval uning o`zini 5-10 daqiqa dimlang, so`ng qaylani solasiz.

6.    Qayla teftellarni qoplasin, shunda ular shirali va xushbo`y bo`lib pishadi, quruq bo`lib qolmaydi.

7.    Teftelga solinadigan guruchning shirasi qancha kam bo`lsa, shuncha kaloriyasi kam bo`ladi. Buning uchun guruchni avval sovuq suvda bir necha marta yuving, so`ng ko`p miqdorda suv solib qaynating. Qaynab chiqqach ustidagi ko`pikni olishni unutmang. Guruch kattalashgach, olovni o`chirib, 10 daqiqaga qoldiring. So`ng guruchni suzib oling-da, shirasi ketishi uchun muzday suvda chaying.

8.    Teftellarni dimlash uchun qozonga solayotganda ular orasida masofa qoldiring, axir pishish jarayonida shishi bor. Tayyor teftellarni darrov eyishga shoshilmang. Olov o`chirilgandan so`ng xech bo`lmasa 1 soat qaylani singdirib tursin, bunday usul teftel ta`mini yana ham yaxshilaydi.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1