Afsonaviy ingliz parheziga rioya qilib, 4 xafta ichida 10 kilogramdan 20 kilogramgacha ozish mumkin. Yagona sharti – maxsus ovqatlanish rejimiga rioya qilishdir. Bu parhez Margeret Tetcher uchun maxsus, tajribali parhezshunoslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu parhezning mohiyati shundaki, tuxum va sitrus mevalarni iste`mol єilish barobarida ortiqcha yog`lardan bezarar xalos bo`lasiz.
Maggi parhezining 7 qoidasi:
1. Tushlik va kechki ovqat o`rinini almashtirmang.
2. Agar taomning aniq miqdori ko`rsatilmagan bo`lsa, uni istaganingizcha eyishingiz mumkin.
3. Tuxumni qisman yoki butunlay tvorog bilan alamashtirishingiz mumkin.
4. Tarkibida shakar o`rnini bosuvchi moddalap solingan shirinliklar ta`qiqlanmagan.
5. Albatta, ko`p meva eng va tez-tez suv iching.
6. Qorningiz to`yib ketguncha ovqatlanmang.
7. Tuz miqdorini iloji boricha kamaytiring, uning o`rniga ziravorlardan ko`proq foydalaning.
Parhez vaqtida man qilingan mahsulotlar:
- yog`li qo`y go`shti;
- banan, mango, anjir, uzum,xurmo;
- kartoshka, makkajo`xori;
- sut, yog`li pishloq;
- hayvon yog`lari, o`simlik va sariyog`;
- go`shtli sho`rvalar;
- yog`li souslar;
- makaron, yormalar;
- unli mahsulotlar(kepakli undan tayyorlangan єuritilgan nondan tashqari)
- shakar va tarkibida shakari bor shirinliklar;
- spirtli ichimliklar.
Parhezni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashishni unutmang! Agar sizda quyida keltirilgan mahsulotlarga allergiya kuzatilgan, yurak, buyrak va jigar kasalliklari bo`lsa, hamda homiladorlikda tuxumli Maggi parhezi to`g`ri kelmaydi. Margaret xonim ozish maqsadida bir xaftada 28 dona tuxum egan edi.
Birinchi hafta
Nonushta har kuni bir hil: 1-2 ta qaynatilgan tuxum, 1 dona greypfrut va shakarsiz choy yoki qahva.
Birinchi kun
Tushlik – olma, nok va yarimta apelsin
Kechki ovqat – 400 gr pishirilgan yog`siz mol go`shti
Ikkinchi kun
Tushlik – yanchilgan qalampir bilan pishirilgan tovuq go`shti va limon sharbati siqilgan sabzavotli salat.
Kechki ovqat – 2 ta qaynatilgan tuxum, yangi bodringga yalpiz yoki petrushka solingan salat, yarimta greypfrut va bir bo`lak kepakli undan tayyorlangan non.
Uchinchi kun
Tushlik – yog`siz pishloq, pomidor, bodring va petrushkadan tayyorlangan salat va kepakli undan tayyorlangan bir bo`lak non.
Kechki ovqat – maydalangan ko`kat va xantal qo`shib qaynatilgan mol go`shti hamda limon sharbati sepilgan karam va sabzili salat.
To`rtinchi kun
Tushlik – yog`siz yogurt aralashtirilgan mevali salat.
Kechki ovqat – kashnich urug`i va kurkuma ziravori qo`shib pishirilgan tovuq go`shti va yangi pomidor, bodring, seldereydan tayyorlangan salat.
Beshinchi kun
Tushlik – 2 ta qaynatilgan tuxum, soya sousi qo`shilgan qaynatilgan sabzi va yashil no`xotdan tayyorlangan salat.
Kechki ovqat – gaz pechida pishirilgan baliq go`shti va pekin karami, greypfrut, petrushkadan tayyorlangan salat.
Oltinchi kun
Tushlik – 1 stakan mevali sharbat
Kechki ovqat – qaynatilgan mol go`shti, bodring va shivitli salat.
Ettinchi kun
Tushlik - qaynatilgan tovuq go`shti va rayhon, pomidorli salat.
Kechki ovqat - sarimsoq piyoz va ko`katlar bilan gaz pechida pishirilgan bulg`or qalampiri va kepakli undan tayyorlangan bir bo`lak non.
Ikkinchi hafta
Nonushta: nonushta yana tuxum va sitrus mevalardan iborat. Xafta davomida nonushtaga 1-2 dona qaynatilgan tuxum, greypfrut va shakarsiz choy yoki qahva.
Birinchi kun
Tushlik – gaz pechida yangi sabzavotlar bilan pishirilgan mol go`shti.
Kechki ovqat – 2 ta qaynatilgan tuxum va bir dona apelsin.
Ikkinchi kun
Tushlik – bulg`or qalampiri va sabzi qo`shib pishirilgan tovuq go`shti.
Kechki ovqat – 2 ta qaynatilgan tuxum va bir dona apelsin.
Uchinchi kun
Tushlik – gaz pechida pishirilgan mol go`shti va yangi karam, bodring, ko`katlardan tayyorlangan salat.
Kechki ovqat – 2 ta qaynatilgan tuxum va bir dona apelsin.
To`rtinchi kun
Tushlik – 2 ta qaynatilgan tuxum, brinza va ko`katlardan tayyorlangan salat va dimlanib pishirilgan kabachki va sabzi.
Kechki ovqat – 2 ta qaynatilgan tuxum va bir dona apelsin.
Beshinchi kun
Tushlik – gaz pechida limon yoki shivit bilan pishirilgan baliq go`shti.
Kechki ovqat – 2 ta qaynatilgan tuxum va bir dona apelsin.
Oltinchi kun
Tushlik – qaynatilgan tovuq go`shti, bulg`or qalampiri, pomidor va kashnichdan tayyorlangan salat hamda bir dona apelsin.
Kechki ovqat – bir dona qaynatilgan tuxum, greypfrutli yog`siz yogurtda aralashtirilgan mevali salat.
Ettinchi kun
Tushlik – ko`kat, sarimsoq piyoz, kabachki va pomidor qo`shib pishirilgan tovuq go`shti, bir dona apelsin.
Kechki ovqat – ikki dona qaynatilgan tuxum va yangi bodring, seldereydan tayyorlangan salat.
Uchinchi hafta
Nonushta: 1-2 ta qaynatilgan tuxum, 1 dona greypfrut va shakarsiz choy yoki qahva.
Birinchi kun – faqatgina meva eng. Yog`siz tabiiy yogurt va oz miqdorda yog`siz tvorog qo`shilgan mevali salatlar tayyorlab eyishiniz ham mumkin.
Ikkinchi kun – ko`katlar va ziravorlar bilan gaz pechida yoki dimlanib pishirilgan sabzavotlar.
Uchinchi kun – man qilingan meva va sabzavotlardan boshqa barchasini xomligicha yoki pishirilgan holda eng.
To`rtinchi kun – kun davomida oz-ozdan qovurilgan yoki qaynatilgan baliq go`shti va karam, yashil salat bargi, qaynatilgan sabzavotlardan tayyorlangan salat eng.
Beshinchi kun – qovurilgan yoki qaynatilgan yog`siz mol go`shti yoki tovuq go`shti, xom va qaynatilgan sabzavotlar. Ushbu mahsulotlarni 4 ta bir hil bo`lakka bo`lib kun bo`yi eb yuring.
Oltinchi va ettinchi kunlar – eng qiyin kunlar yaqinlashmoqda: istalgan vaqtda bir dona taєiєlanganlaridan tashqari istagan mevangizni eng.
To`rtinchi hafta
Quyidagi mahsulotlarni 5-6 ta bir hil bo`lakka bo`lib, kun davomida qabul qiling. Qo`shimcha mahsulot kiritish taqiqlanadi. Parhezdan to`g`ri chiqamiz.
Birinchi kun: 1 dona grepfrut yoki 2 ta apelsin, 4 ta pomidor, 4 ta bodring, bir dona yog`siz tunes balig`i konservasi va 300 gr. qaynatilgan yoki qovurilgan yog`siz mol go`shti.
Ikkinchi kun: 1 dona olma yoki nok, 200 gr. qovun yoki 1 dona apelsin, 1 ta greypfrut, 300 gr. qaynatilgan mol yoki tovuq go`shti, 4 ta bodring, 3 ta pomidor va kepak unidan tayyorlangan bir bo`lak non.
Uchinchi kun: yog`siz pishloq yoki tuzsiz brinza, 150 gr. yog`sizlantirilgan tvorog, qaynatilgan yoki dimlangan sabzavotlar, 2 ta bodring, 2 ta pomidor, 2 ta apelsin yoki 1 dona greryfrut va bir bo`lak kepak unidan tayyorlangan non.
To`rtinchi kun: 400 gr qaynatilgan tovuq go`shti, 3 ta pomidor, 3 ta bodring, 1 ta apelsin, 1 dona greypfrut va kepak unidan tayyorlangan bir bo`lak non.
Beshinchi kun: salat bargi, qovurilgan yoki gaz pechida pishirilgan baliq go`shti, 3 ta pomidor, 3 ta bodring, 2 ta qaynatilgan tuxum, 1 ta greypfrut yoki 2 ta apelsin.
Oltinchi kun: 400 gr qaynatilgan tovuq go`shti, 150 gr yog`sizlantirilgan tvorog yoki brinza, bir bo`lak kepak unidan tayyorlangan non, 3 ta bodring, 3 ta pomidor, 1 stakan kefir, 2 ta apelsin yoki greypfrut.
Ettinchi kun: 150 gr yog`sizlantirilgan tvorog, bir dona tunes balig`i konservasi, dimlangan sabzavotlar, 3 ta bodring, 3 ta pomidor, bir bo`lak kepak unidan tayyorlangan non, 1 ta greypfrut yoki 2 ta apelsin.





