AsosiyDunyo
7179

Anjelina Joli sovuq kunda engil kiyingan bolalariga muzqaymoq olib berdi

Anjelina Joli so`nggi paytlarda paparassilardan yashirinmay qo`ydi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri. 

Anjelina Bred Pitt bilan ajrashish jarayoni nihoyasiga etmaganiga qaramay, farzandlari hamrohligida Koloradoning tog`-chang`i kurortiga yo`l oldi.

Jurnalistlar uni qizi Shaylo va o`g`li Noks bilan birgalikda suratga olishga muvaffaq bo`ldi. Anjelina do`kondan farzandlariga muzqaymoq olib berdi. O`sha kuni havo 15 daraja sovuq bo`lishiga qaramay, Anjelinaning qizi Shaylo engil kiyinishni ma`qul ko`rdi va maza qilib muzqaymoq edi.

Anjelinaning o`zi mo`ynali, qalin, o`g`li esa suv o`tkazmaydigan yupqa kurtka kiygan. Aktrisaning tashqi qiyofasidan bunday holat uni tashvishga solmagani ko`rib turibdi.

Bu holatni Bred ko`rsa, xursand bo`lmasligi tayin. U shu paytgacha rafiqasining bolalarni tarbiyalash usulidan norozi bo`lgan. Hozirda sud ishlari nihoyasiga etgani yo`q. Mish-mishlarga qaraganda, uning to`ng`ich farzandi ota-onasining janjali aks etgan videoni ommaga oshkor etishga rozi bo`lgan.

Boshqa yangiliklar