1

Burjimizga qarab, parhez tutamiz

SUG'DIYONA 05.01.2017, 09:46
Teglar: Salomatlik, Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Burjimizga qarab, parhez tutamiz

Astroparhez — astrologiyaning bo`limlaridan biri bo`lib, burjingizga qarab parhez tutishni o`rgatadi. Sizning qaysi oyda tug`ilganingizga qarab fe`l-atvoringiz, psixologik ahvolingiz aniqlanadi va shunga moslab parhez tuziladi.

1. Xoleriklar — hamal, asad, qavs.

Ta`sirchan va shiddat bilan harakatlanuvchi ushbu toifa vakillari kunlik rasioniga yashil va sariq rangdagi mevalarni, boshoqli o`simliklarni, dukkakli o`simliklarni kiritishlari kerak. Sabzavotlardan esa bodring, salat bargi, shivitni ko`proq iste`mol qiling. Shuningdek, suyuq ovqatlar, bo`tqalar eyishga odatlaning. Yog`li go`shtlardan, har qanday turdagi hayvon yog`laridan voz keching. Achchiq ziravorlar, nordon mevalar, sho`r mahsulotlardan o`zingizni tiying.

2. Sangviniklar — javzo, mezon, dalv.

Serg`ayrat va dilkash insonlar ovqatlanish jarayonida 2-3 xildan ortiq mahsulot turlarini qabul qilmaganlari ma`qul. Ular uchun bir xil turdagi mahsulotlardan iste`mol qilish foydaliroq. Ko`proq suyuq va issiq ovqatlar eng. Engil-elpi taomlanish vazningizga salbiy ta`sir o`tkazadi. Iloji boricha boshoqli,  dukkakli o`simliklar, kabachki va pomidorni kamroq iste`mol qiling. Mevalardan banan, anjir, xurmo qoqisini parhez paytida emay qo`ya qoling. Muzdek suv va ichimliklarga ehtiyot bo`ling, tez-tez va kam-kamdan taomlaning. Ovqatlanish jarayonida televizor ko`rish va telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o`tirish kabi zararli illatlardan xalos bo`ling. Bunday odatlar sizni chalg`itib, egan ovqatingizni esingizdan chiqarib, o`zingizni to`ymagandek his qilishingizga turtki bo`ladi. Natijada vazn to`playverasiz.

3. Flegmatiklar — sarv, jadiy, sunbula.

Vazmin va bamaylixotir burj vakillari zanjabilli va shunga o`xshash qizdiruvchi, achchiq, o`tli damlamalarni kamroq ichishgani ma`qul. Ko`proq shokolad, asal va qizil, sariq, to`q sariq rangli mevalardan iste`mol qiling. Mol va qo`y go`shtini iloji boricha, o`z rasioningizda kamaytiring, uning o`rniga kurka va tovuq go`shtidan iste`mol qiling. Ildizmevali (kartoshka, lavlagi, sholg`om) sabzavotlarni va loviya, no`xatni parhez paytida unuting.

4. Melanxoliklar — saraton, aqrab, hut.

Ko`ngli nozik va tez ta`sirlanuvchi xonimlar, kun davomida suv emas, ko`proq qaynoq-qaynoq choy yoki o`tli damlamalar ichib yuring. Qizdiruvchi, achchiqqina taomlar iste`molidan cho`chimang. Xom sabzavotlarni kamroq iste`mol qiling, ularni qaynatilgan yoki gaz pechida pishirilgan holda eng. Qatiq va sut mahsulotlaridan parhez vaqtida vaqtincha voz keching.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1