AsosiyHi-tech

Telegram`ning yangi talqinida jo`natilgan xabarni olib tashlash imkoni paydo bo`ldi

Telegram messenjerining yangi talqinida jo`natilgan va suhbatdosh tomondan o`qilgan xabarni o`chirib tashlash imkoniyati paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri.

Agar siz 3.16 talqinidan foydalansangiz, endi 48 soat mobaynida yuborilgan har qanday xabarlarni olib tashlashingiz mumkin. Bu xabar suhbatdoshingizdan ham olib tashlanadi. Xabarlarni nafaqat shaxsiy chatlardan, balki guruhlardagi suhbatlardan ham olib tashlash mumkin.

Boshqa yangiliklar