Zarur masalliqlar: 200 gramdan un va shakar, 110 ml. suv, 100 gr. sariyog`, 60 gr. qora shokolad, 50 gr. yogurt, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq yoki 3 paket qora choy, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, qand upasi, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan suvga qora choyni solib, 5 daqiqa damlang.
2. Shokoladni suv bug`ida eriting.
3. Un, tuz va xamiryumshatgichni aralashtiring.
4. Shakarni esa xona haroratida yumshatilgan sariyog` bilan mikser yordamida aralashtiramiz. So`ngra tuxum qo`shib aralashtirishda davom etamiz.
5. Eritilgan shokoladni sovitib sariyog`li aralashmaga qo`shasiz. Keyin esa unni solib, aralashtirasiz. Oxirida achchiq damlangan qora choyni qo`shasiz.
6. Xamirni yog`langan keks qolipiga soling-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga qo`ying. Pishgach yuziga qand upasi sepasiz.
2 soat
8 kishilik





