Taniqli xonandaning sira bo`sh vaqti yo`q. Suratga olish ishlari, ijodiy safarlar, ovoz yozish, shular qatorida ikki nafar farzandi uchun vaqt ajratishni va sevimli mashg`ulotlarini kanda qilmaslikni ham uddalaydi. Jessika Simpson tomonidan ishlab chiqilgan mashqlar to`plamida oyoqlar uchun mo`ljallangani ayollar orasida anchayin mashhur. Atigi uchta mashqqa diqqat qarating, ehtimol u sizga ham asqotar.
- Yarim o`tirgan holatda oyoq mushaklarini mashq qildiring. Buning uchun 2-3 soniya kifoya. Endi oyoqlarni oldinga va orqaga tashlagancha qaychi mashqini bajaring. So`ng bir oyoqqa o`tirib, ikkinchisiga og`irlikni tashlaysiz. Mashqning har bir qismini 3 martadan takrorlang.
- Galdagisi uchun mashq gantellari kerak bo`ladi. Yarim cho`kkalagan holda ikki qo`lingizga gantellarni oling. Shu alfozda o`tirib – turish mashqini bajaring. Mashq takroriyligi 6 marta.
- Qomatni to`g`ri tuting. Tana og`irligini qo`llarga tashlab, gavdangizni pastga engashtring. So`ng bir oyoqni orqa tarafga olib, yuqoriga ko`tarib tushirasiz. Mashq davomida tirsakni ko`krakka yaqinlashtirib, tizzani bukish – yozish holati bajariladi. Ikki qismdan iborat mashqning har birini 3-4 martadan takrorlang.





