AsosiySUG'DIYONA

Soch turmagingiz siz haqingizda nima deydi?

Kitob haqida muqovasiga qarab hukm chiqarish mumkindir balki, ammo ayol haqida uning tashqi ko`rinishiga qarab baho berish mumkin emas. Shunday bo`lsa-da, soch turmagingiz siz haqingizda qanchalik ko`p ma`lumot berishini bilsangiz, hayron qolasiz. Quyidagi savollarimizga javob berish orqali o`zingizga tashqaridan nazar tashlashga muvaffaq bo`lasiz.

  1. Ayni damda sochingizning rangi qanday?

A) Tabiiy rang.

B) Qora, jigarrang, baqlajon.

V) Zamonaviy usulda bo`yalgan – bronding, ombre, shatush...

G) Olovrang yoki boshqa bir yorqin rang.

2. Sochingizni bo`yaysizmi?

A) «Yo`q, hech qachon, men tabiiylik tarafdoriman».

B) «Oqlarini bekitish va rangini biroz to`qroq qilish uchun ozgina bo`yayman».

V) «Har doim! Hatto, sochimning tabiiy rangi qandayligini ham unutib qo`yganman».

G) «Rang-baranglikni yoqtiraman. Bir rangni uzoq ushlab turmayman».

3.  Uzunligi-chi?

A) «Belimga tushadi».

B) «Elkamdan sal tushadi. Shunisi qulay».

V) «Kare yoki uzun bob».

G) «Sochlarim kalta. Bunga jur`atim etganidan faxrlanaman».

4. Qanday turmaklarni yoqtirasiz?

A) «Tabiiy obrazlarni yaxshi ko`raman».

B) «To`y-hashamlarda noodatiy turmaklashni yoqtiraman. Hollivud aktrisalarining gajaklari, ayniqsa, havasimni keltiradi».

V) «Vaqti-vaqti bilan zamonaviy obrazlarni o`zimda sinab ko`raman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali doim turmaklar haqidagi ma`lumotlarni kuzatib boraman».

G) «Har kuni har xil bo`lishni istayman: bugun sochlarimni o`rsam, ertaga yoyib yo jingalak qilib olaman».

5. Sochingizning nimasini o`zgartirishni istardingiz?

A) «Hech nimasini. Men o`zimga yoqaman».

B) «Sochlarim qalinroq bo`lishini istardim».

V) «O`stirgim keladi! Sabr, sabr va yana sabr!»

G) «Butkul yangi obrazni sinab ko`rgim keladi. Ammo hech jur`at etolmayapman».

6. Har tong turmak uchun qancha vaqtingizni ajratasiz?

A) 5 daqiqadan kam.

B) 5–10 daqiqa.

V) 10–15 daqiqa.

G) 15 daqiqadan ko`p.

7. Tokchada soch parvarishiga mo`ljallangan nechta vosita turadi?

A) «Shampun va kondisioner bo`lsa kifoya».

B) «5–7 ta narsa: stilistim tavsiya etgan shampundan tortib, dugonalarim sovјa qilgan soch niqoblarigacha».

V) «Asosan soch turmagini qotirishga mo`ljallangan vositalar: lak, gel, muss...»

G) «Unday narsalarimning sanoјi yo`q va ular faqat tokchada emas, boshqa joylarda ham turadi».

8. Sochlaringizga ta`rif beringchi.

A) «Parvarishlangan, jilokor, mustahkam, soјlom... Tinmay maqtashim mumkin!»

B) «Xira va jonsiz».

V) «Quruq, xashakka o`xshaydi. Yana qanday «antixushomadlar» bor edi?»

G) «Risoladagi sochlar».

Natija:

A javoblar ko`p bo`lsa...

Siz latofatli, nafis, oqko`ngil ayolsiz. Balki ayrim o`rinlarda jur`atsiz va uyatchanligingiz ham bordir. Atrofingizdagilar yana ko`plab fazilatlarni sizda ko`rishlari mumkin. Shunga qaramay, ishning ko`zini biladigan odamsiz: vaqtni bekorga sarflamaysiz va vaziyatga tez moslashasiz. Ammo ba`zan hayotingizda yorqin ranglar etishmayotgandek tuyuladi. Bu ranglarni paydo qilish uchun esa soch rangini o`zgartirishning o`zi kifoya. Bu borada tajriba qilishdan qo`rqmang va moda olami yangiliklarini kuzatib boring.

B javoblar ko`p bo`lsa:

Tavakkal qilishni va o`ylamay ish ko`rishni yoqtirmaysiz. Har bir qadamingiz yaxshilab o`ylangan. Gap ishdagi yangi loyiha ustida ketadimi yoki soch turmagimi – muhimi bu emas. Siz juda konservativsiz, lekin buni atrofdagilarga oshkor etgingiz kelmaydi. Shu sababli ham sochingizning rangini keskin o`zgartirishni ma`qul ko`rmaysiz, siz uchun tabiiy ranglar yoqimli. Lekin zamonaviy moda o`ta konservativ insonlar uchun ham ma`qul keladigan talay yangiliklarni taklif etmoqda. Yangiliklardan boxabar bo`ling.

V javoblar ko`p bo`lsa:

Irodali, jur`atli, shu bilan birga romantik tabiatli ayolsiz. Sayohat qilishni yoqtirasiz, vaziyat va makonni o`zgartirish istagi sizni doim o`ziga jalb etadi, chorlaydi. Ochiqqinasiz, qarama-qarshi jins vakili bilan oson til topishasiz. Imijingizni tez-tez o`zgartirib turish yoqadi: ishvakor, jiddiy, sirli bo`la olasiz. Bu rang-baranglik soch turmagingizda o`z aksini topadi.

D javoblar ko`p bo`lsa:

Bir joyda tek tura olmaydigan, hayotni sevadigan, chaqqon va jonsarak insonsiz. Ba`zan qattiqqo`l, doim mustaqilsiz. Siz bilan yurgan odam zerikmaydi, bunisi aniq! Erkinlik va yumorni yaxshi tushunadigan insonsiz. Har doim shunday bo`lib qoling!

ShAHINA tayyorladi. 

Boshqa yangiliklar