Zarur masalliqlar: 500 gr. tayyor qatlam xamir, 200 gr. qovoq, 4 osh qoshiq istalgan meva qiyomi (masalan, olma povidlosi), qand upasi.
Tayyorlanishi: 1. Qovoqni yupqalab uzunasiga to`g`rang.
2. Qatlama xamirni o`rtacha qalinlikda, to`rtburchak shaklda yoying. Bir tomonidan suratdagidek nomiga pichoqni yurgizing.
3. Xamirning ikkinchi tomoniga olma qiyomidan surting-da, qovoq bo`laklarini jipsroq qilib terib chiqing.
4. Xamirning ikkinchi tomoni bilan qovoqlar ustini yopib, atrofini tuging.
5. Pirogni pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga qo`ying. Pishirig`imiz 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqada pishadi. Pishgach, yuziga qand upasi seping.
6 kishilik
1 soat





