1. 1 osh qoshiqdan chakamug` yog`i, shampun, asal va piyoz sharbatini aralashtirib, sochlaringiz ildiziga massaj harakatlari bilan surting. 2 soatdan so`ng limon sharbati aralashtirilgan suv bilan yuving. Shunda piyozning hidi qolmaydi.
2. 1 dona tuxumga 2 choy qoshiqdan asal va o`simlik yog`i qo`shing. Suv bug`ida biroz isitib, soch ildizlariga surting. 20-30 daqiqadan so`ng yaxshilab yuving. 10 kunda ikki marta ushbu niqobdan foydalanishingiz mumkin.
3. Tuxum sarig`iga 1 osh qoshiqdan asal va limon sharbatini solib, aralashtiring-da, yuvilgan soch ildizlariga surting. So`ngra sellofan va sochiq bilan o`rab, 1 soat kuting. Issiqroq suv bilan yuving.
4. Chakamug`, zaytun va kanakunjut moyidan teng miqdorda olib, suv bug`ida biroz iliting-da, E vitaminini qo`shing. Soch ildizlariga surtgach, bir soatdan so`ng shampunlab yuvish mumkin.
5. Piyozni go`shtqiymalagichdan o`tkazing. 2 osh qoshiq piyoz bo`tqasiga 1 osh qoshiq asal qo`shing. Niqobni 40 daqiqa sochlarda ushlab, limonli suv bilan yuving.





