1

Yoringiz sevadimi yoki foydalanadimi?

SUG'DIYONA 09.01.2017, 09:55
Teglar: Ayol, Erkak, Er-xotin, SUGDIYONA
Yoringiz sevadimi yoki foydalanadimi?

Ba`zida hammaga birdek yoqishga intilib, aldab-avrab, bosim o`tkazib bo`lsa-da, istaklarimizga erishishga intilamiz. Ba`zan esa sevgan insonimiz bizga nisbatan shunday munosabatda bo`ladi. Xo`sh, sizning yoringiz bu masalada qanday? Bilishni istasangiz, savollarimizga ro`yi-rost javob bering.  

1. Dugonangizning iltimosini rad qilolmay, u bilan bozorga tushdingiz.  Har ehtimolga qarshi jamg`armangizdan bir-ikki so`m ham olvoldingiz. Do`konlardan birida shunaqangi ajoyib tufliga ko`zingiz tushdi-yu, xarid qilmasangiz o`zingizni kechirolmasdingiz. Uyga kelgach esa...

A) Eringizning ensasi qotib, «Bosh-oyoq sarpo xarid qila qolmabsiz-da» deya piching qila boshladi.  

B) Narxini surishtiradi.

V) Juda yarashganini aytib, «Dushmanlaringiz oyog`ingizning ostida qolsin» deydi.

2. Vaqtni maroqli o`tkazish maqsadida yoringiz bilan kinoga tushishni reja qildingiz. Uzoq  muzokaralardan so`ng u taklifingizga ko`ndi.  Keyingi harakatlari qanday bo`ladi?

A) Qanday janrdagi kartina ekanini, rejisyori kimligini surishtiradi. Agar shu ma`lumotlar uni qoniqtirsa, bajonidil rozi bo`ladi.

B) O`zi ko`rishni istagan kartinaga tushishini taklif qiladi.

V) Siz topgan film haqida internetdagi salbiy  fikrlarni topadi-da, baland ovozda o`qiy boshlaydi.

3. Uchrashuvlar yoki onangiznikida bo`lib turadigan yig`inlarga hech boradimi?

A) «Qanchalik ayanchli bo`lmasin, tan olishim kerak-ki, u kuttirishni yoqtiradi».

B) «Faqat asosli sabablari bo`lganidagina shunday qiladi».

V) «Bu odatiy hol, qarindoshlarimning oldida yuzimni shuvut qilmay, tadbirga kelganiga xursand bo`laman».

4. Asl maqsadingizni aniqlash uchun sizni tez-tez «nishonga» olib turadimi?

A) «Bunday ishlar qo`lidan kelishiga ishonmayman».

B) «Ha, u bu ishni bajonidil bajaradi».

V) «Faqat o`ziga biror ma`lumot kerak bo`lganidagina shunday qiladi».

5. Qattiq arazlashib qoldingiz va «Ketaman» deb qo`rqitayapsiz...

A) Qolishingiz uchun qo`lidan kelganicha harakat qiladi.

B) Biroz «soviganingizdan» keyin gaplashib olishni taklif qiladi.

V) Hech tab tortmay eshikni ko`rsatib yuboradi.

6. Yoringizning xarakteri qanday?

A) Biroz xudbinligi bor.

B) Adolatparvar bo`lgani uchun ham yaxshi ko`rasiz.

V) Jahli burnining uchida turadi. Ehtiyotkorlik bilan muomala qilishga tirishasiz.

7. Oilangiz uchun muhim bo`lgan masalada bahslashganingizda...

A) «Har birimiz o`zimizning fikrlarimizni izohlaymiz».

B) «U bilan dialog qilishning imkoni yo`q. Yo mening aytganim bo`ladi yo uniki».

V) «Shunday avraydiki, oxir oqibat aytganiga ko`nishdan boshqa choram qolmaydi».

8. Bozorga tushganingizda uning sevimli narsasini xarid qilish hayolingizdan ko`tarilibdi...

A) Yana bir marta bozorga tushib-chiqishingiz uchun o`zini injiq boladek tutib, boshqa ishlaringizdan ham kamchilik axtara boshlaydi. B) Avvalgi safar ham esingizdan chiqib qolganini aytib, ayibingizni bo`yningizga qo`yadi.

V) Biroz qovoq-tumshuq qilgan bo`ladi-yu, kerakli narsasini o`zi sotib oladi.

9. Munosabatlaringizda ijtimoiy tarmoqlarning o`rni qanday?

A) «Bir-birinmizning suratlarimiz va fikrlarimizga izohlar qoldiramiz».

B) «Ijtimoiy tarmoqda qizlar bilan ko`proq do`stlashadi-yu, men bilan begonadek».

V) «Biz bu narsalarni umuman hayotimizga aralashtirmaymiz».

 10. Uning tug`ilgan kuni. Katta dasturxon tuzab, do`stlarini taklif qildingiz. Ular esa o`z navbatida pazandalik mahoratingizga tahsinlar o`qishayapti...

A) Barcha noz ne`matlarni tayyorlashni sizga  o`zi o`rgatganligini alohida ta`kidlaydi.

B) Iqtidoringizni e`tirof etib, sog`ligingiz uchun bir piyola ko`k choy ichadi.

V) Ko`maklashib yuborgan qo`shningiz falonchixon va qarindoshingiz pismadonchixonlarga ham rahmat aytib qo`yishingizni tayinlaydi...

11. Idorada ishingiz boshingizdan oshib ketgan. Uyga esa bir ahvolda qaytdingiz. Uning birinchi so`zi...

A) «Ahvolingga bir qara, shunaqayam ishlaydimi, odam degani?»

B) «Rosa charchabsan, biroz dam ol, kechki ovqatga do`kondan tovuq olib kelaman».

V) «Otlan, aylangani boramiz, seni o`zim avvalgi holingga qaytaraman».

12. Hamkasblaringizdan birida teatrga bir dona ortiqcha chiptasi borligini aytdi va sizga hamroh bo`lishni taklif qildi. Bu haqda yoringizga aytganingizda...

A) Kundalik muammolardan biroz bo`lsa-da chalig`ishingiz foydali ekanini aytadi.

B) Avval o`zi sahna ko`rinishi uyushtiradi-da, keyin teatrga yuboradi.

V) U bilan maslahatlashmay qaror qabul qilganingizni yuzingizga solib, o`zi ham choyxonaga yo`l oladi.

Ballarni hisoblaymiz:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

A

3

1

2

1

2

3

1

3

3

2

2

1

B

2

2

1

2

1

1

2

2

2

1

1

2

V

1

3

3

3

3

2

3

1

1

3

3

3

Natija:

12-21 ball: yoringizni qadrlang, u sizni sevadi.

Munosabatlaringiz muhabbat va o`zaro ahillik poydevoriga qurilgan. Hatto bir-biringizni tushunishingiz uchun so`z ham shartmas, ko`z qarashlaringizning o`zi kifoya. Yoningizdagi inson fikrlarini ochiq, ammo ko`nglingizga tegmaydigan qilib aytishni biladi. Bu hurmatga loyiq sifat. Shunga yarasha siz ham hamma erkaliklaringizni ko`tarishini kutmang. Ikkingizga tegishli qarorlarni qabul qilish chog`ida uning fikri bilan albatta hisoblashing. Ishoning, sizni tushunishi haqiqiy muhabbatning birinchi belgisi!

22- 29 ball: e`tiboringizni ayaman, unga bu yoqadi.

Yoringiz juda kelishgan inson va doim atrofdagilarning, ayniqsa sizning e`tiboringiz markazida bo`lishni yoqtiradi. Xursand bo`lavering, munosabatlaringizda hech qanday qusr yo`q. Ammo ba`zida unga o`zingizni boringizcha bag`ishlab, xohish-istaklaringizni chetga surib qo`yayotgandeksiz.  To`g`ri, u ham vaqti-vaqti bilan bosim o`tkazib turadi, kamiga haq ekanini ishonchli dalillar bilan isbotlab ham beradi. Lekin ishoning, ko`pincha bu ishni o`zi istamagan holda amalga oshiradi. Balki ishxonada shunga odatlanib qolgandir? Shunday paytlarda istaklaringizni aytishdan cho`chimang. Axir munosabatlaringiz endigina boshlangan davrlarda sizni qanday bo`lsangiz, shundayligingizcha sevgan-ku. Uning talablariga moslashish uchun o`zingizni o`zgartirmang. Aks holda butunlay teskari natijaga erishishingiz mumkin.  

30-30 ball: xushyor bo`ling, yoringiz manipulyator.

Qaror qabul qilish chog`ida xohish va istaklaringiz bilan deyarli hisoblashmaydimi? Biroz suhbatlashganingizdan keyin o`zingizni epsiz, qo`lidan ish kelmaydigan insondek his etasizmi? Ba`zida aybsiz aydorga aylanasizmi? U esa tanqidni umuman ko`tarolmaydi, nohaq bo`lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmaydimi? U faqat sizni emas atrofidagi boshqa insonlarni ham manipulyasiya qilishga o`rganib qolgan. Bu bolalikdan shakllangan odati. O`z istaklariga erishish uchun boshqalardan foydalanishga moyil insonlar ko`pincha bosim o`tkazishga, yaqin munosabatlarni cheklash usuli bilan ta`sir qilishga intilishadi. Ba`zida esa muloyimlik va shirin so`z bilan maqsadga erishadilar. Uning ta`siriga tushib qolmaslik uchun qanday usullardan foydalanayotganini sezib olishingiz lozim. Buning uchun sizdan xushyorlik talab etiladi.

Maftuna tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1