Bugun, 21 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Tashrif davomida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida, shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Shuningdek, loyihalarni ishga tushirish va yangi loyihalar qurilishini boshlash tadbirlarida ishtirok etish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.






