Kundan-kun noroziligingiz ortib, hayotingiz zerikarli bo`lib borayotgandek tuyulayaptimi? Nimalarnidir o`zgartirishni istayapsiz-u, ammo o`sha yangilik nimaligini bilmayapsizmi? Ehtimol, muammo o`zingizdadir? E`tiboringizga havola etayotgan tavsiyalar mashhur yozuvchi Luiza Xeyning «Hayotingizni qanday qilib yaxshilay olasiz?» nomli kitobidan olingan. O`qing va xulosa chiqaring.
1-qoida:
Ayni shu kundan boshlab, bir oy davomida «O`zimdan mamnunman» degan iborani takrorlayvering. Har kuni 100 martagacha qaytarishingiz mumkin. Ong ostiga mahkam o`rnashgan axborot, natijasini beradi.
2-qoida:
«Xo`sh, nega o`zimdan mamnun bo`lishim kerak. Axir, ortiqcha vaznimni yo`qotolmayapmanu» deysizmi? Demak, fikrlaringiz o`zgarib borayapti. Bu yaxshi natija! Endi «Hayotimdan mamnunman. O`zimga borimcha yoqaman» degan iborani qo`shing va uni ham har kuni takrorlang.
3-qoida:
Boshqalarning gap-so`zlariyu tanqidlariga parvo qilmang. Sizni hech kim o`zingizchalik bilmaydi. Ko`pincha kamchiligimiz deb o`ylaganlarimiz, aslida, o`zimizga xos jihatimiz bo`lib chiqadi. Shunday ekan atrofdagilarning e`tiborini o`z foydangizga ishlating.
4-qoida:
«Hammasini uddalayman. Axir men o`zgachamanku!» Avval o`zingizni shu fikrga ishontiring. Shunda qolganlar ham buni tan olishadi.
5-qoida:
«Kichik ko`ngilsizliklar – katta g`alabalarning nishonasi». Biror rejangiz amalga oshmasa, aynan shunday deng. Mana ko`rasiz, g`alaba nashidasi uzoq kuttirmaydi.
6-qoida:
Eng asosiy va muhimi: hamisha o`zingizga ishoning. Shundagina hayotingiz siz xohlagandek o`zgaradi. Siz istagandek, yorqin ranglar, chiroyli insonlar va yoqimli voqea-hodisalar kirib keladi unga. Faqat ishoning va harakat qiling!





