Inson qancha ko`p esa, oshqozon devorlari yanada kengayib, ishtaha ochilaveradi. Ozmoqchi bo`lsangiz, bu odatni yo`qotishga harakat qiling. Taom miqdorini kamaytira olsangiz, marra sizniki. Oshqozon normal holatigacha kichrayadi, ovqat hazm qilish tizimi yaxshilanadi, ortiqcha vazn esa izsiz yo`qoladi.
1. Bir porsiya ovqat 150-200 grammni yoki 5 osh qoshiqni tashkil etsin. Bu parhezni tutish uchun ovqatlanishda jiddiy cheklovlar deyarli yo`q, ammo tezroq va yaxshiroq natijaga erishish uchun shokolad, shirinlik, pishiriqlar va gazlangan ichimliklarni iste`mol qilmay turganingiz ma`qul. Choy va qahvani ham shakarsiz ichishga harakat qiling.
2. Taomlanish orasi 3 soat bo`lishiga ahamiyat bering. Ovqatlanish jarayonida suv yoki choy bilan taomlanish yaramaydi, bunda oshqozon devori kengayaveradi, siz esa to`yganingizni bilmay qolaverasiz. Ovqatlanib bo`lgandan so`ng choy iching.
3. 5 osh qoshiqli parhez uchun kunlik taomnoma:
7:00. 5 osh qoshiq guruch yoki gerechixali bo`tqa. 30 daqiqadan so`ng esa shakarsiz choy yoki sutli qahva.
10:00. Istalgan meva yoki mevali salat va 5 osh qoshiq yogurt
13:00. 5 osh qoshiq kartoshka bo`tqasi, guruch, sabzavotli bo`tqa yoki no`xotli bo`tqa. So`ng tushlikni oqsillar bilan davom ettiring: 200 gr. baliq yoki 200 gr. mol go`shtiga 3 osh qoshiq grechixa va 2 bo`lak dimlangan tovuq go`shti qo`shib eng.
16:00. 200 gr. qatiq yoki bodring va pomidor, 5 osh qoshiq sabzavotli salat. Ozgina yong`oq va quruq mevalar ham eyishingiz mumkin. Shuningdek, lavash va pishloqdan buterbrod tayyorlab tanovul qiling.
19:00. 5 osh qoshiq grechixa yoki 200 gr. baliq va 1 stakan kefir yoki 5 osh qoshiq bug`da pishirilgan sabzavotlar.
4. Bu parhez organizmga zarar keltirmaydi. Xavotir olmang, parhezdan so`ng yana vazn yig`ishni boshlamaysiz. Chunki parhez vaqtida oshqozon devorlari kichrayib, o`z holiga qaytdi. «To`ymaslik kasali» endi o`tmishda qoldi.