AsosiyJamiyat

Yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi belgilandi

Nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

'Yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi belgilandi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida” gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (ro‘yxat raqami: 3621, 01.05.2025 y.).

Nizom Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo‘yicha yuridik kadrlarning (tinglovchi) kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

Tinglovchilar malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida o‘qitiladi.

Institutda kredit-modul tizimida 1 kredit miqdori 2 akademik soatga teng. Tinglovchi malaka oshirish kursining 1 yili davomida 12 kredit (24 akademik soat)ga teng bo‘lgan o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi lozim.

Malaka oshirish kurslari tinglovchidan 3 yilda 36 kredit (72 akademik soat) hajmdagi o‘quv dasturini o‘zlashtirishni talab qiladi. 

Modul bo‘yicha tinglovchining o‘zlashtirish darajasi 56 foiz va undan yuqori baholangan taqdirda ushbu modul o‘zlashtirilgan hisoblanadi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun harorat 37 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:39

    Bugun harorat 37 darajagacha ko‘tariladi

    3 may kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 21:55

    Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlar ayrim mahsulotlarni sotib olganda 1%dagi keshbek o‘rniga, 12% QQS summasini qaytarib oladi.

    'Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 20:55

    Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston TIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

    'Dam olish kunlari havo harorati 40 darajaga yaqinlashadi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 20:19

    Dam olish kunlari havo harorati 40 darajaga yaqinlashadi

    "O‘zgidromet" respublika bo‘ylab 3-5 may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Prezidentning Xorazmga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 19:11

    Prezidentning Xorazmga tashrifi yakunlandi

    Davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 22:20

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

    Bugun u Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashgan.