AsosiyJamiyat

Ilhom Aliyev Putinning paradiga borishdan bosh tortdi

U so‘nggi lahzada tashrifini bekor qildi.

'Ilhom Aliyev Putinning paradiga borishdan bosh tortdi'ning rasmi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev so‘nggi lahzada Moskvaga tashrifini bekor qildi. U G‘alabaning 80 yilligi sharafiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etishi kerak edi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Afsuski, Aliyev kelmaydi, degan xabar keldi. Uning Haydar Aliyevga bag‘ishlangan ichki tadbirlarda qatnashishi zarurligi tushuntirildi, dedi Ushakov.

Laos prezidenti Txonglun Sisulit ham Moskvaga borishdan bosh tortgan. U koronavirusga chalingani aytilmoqda. Paradda uning o‘rniga Laos nomidan tashqi ishlar vaziri Txongsavan Fomvixan ishtirok etadi. Moskvadagi paradda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar rahbarlari qatnashadi.

Ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari, Xitoy raisi Si Szinpin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vetnam kommunistik partiyasi bosh kotibi To Lam, Braziliya prezidenti Lula da Silva, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va boshqalar bor.

Ilhom Aliyev oxirgi marta o‘n yil oldin — 2015 yilda Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashgan. 2024 yilning mart oyida Ozarbayjon va Rossiya prezidentlari matbuot xizmatlari Aliyev paradda ishtirok etish taklifini qabul qilganini tasdiqlagandi.

Taklifning qabul qilinishi Moskva va Boku o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda sezilarli sovuqlik fonida sodir bo‘ldi. Sababi 2024 yil dekabr oyida Ozarbayjonning AZAL aviakompaniyasi yo‘lovchi layneri halokatga uchrab, 38 kishi halok bo‘lgandi. Samolyot Grozniy osmonida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan zarbaga uchragan, keyin esa Rossiya aeroportlariga favqulodda qo‘nishga ruxsat berilmagan. Samolyot oxir-oqibat Qozog‘istonga yo‘l olgan va u yerda Oqtov yaqinida halokatga uchragan. Aliyev Rossiyani voqeani yashirishga, hujum faktini esa “bema’ni versiyalar” orqali inkor etishga urinishda ayblagandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

    'Samarqandda AYOQSHda yuz bergan yong‘in ikki insonning hayotiga zomin bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:49

    Samarqandda AYOQSHda yuz bergan yong‘in ikki insonning hayotiga zomin bo‘ldi

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in “ZIL” avtomashinaga yoqilg‘i quyilayotgan paytda yuz bergan chaqnash natijasida kelib chiqqan.