AsosiyJamiyat

“Vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”

Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

'“Vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”'ning rasmi

Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 80 yil bo‘ldi. Shuncha vaqt o‘tsa-da uning tarixi, kulfat va musibatlari unutilmaydi. Aksincha, urushning mudhish oqibatlari, tinchlik-osoyishtalik qadrini yodga soladi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni zamirida ana shunday mohiyat mujassam. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi.

Bog‘ bo‘ylab mungli kuy taraladi. Bu yerdagi har bir yodgorlik, timsol va bitiklar mudhish urush haqiqatlarini ifoda etadi, xalqimizning g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini urg‘ulaydi. Bog‘ bugungidek bayram kunlarida, ayniqsa, gavjum bo‘ladi.

So‘nggi yillarda shakllangan an’anaga muvofiq, davlatimiz rahbari “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu muazzam obida urushda xalqimiz chekkan azob-uqubatlar, matonat va yo‘qotishlarning ifodasidir.

Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan. 

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.

Mamlakatimiz urush yillarida frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylangan, jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, kiyim va oziq-ovqatlar yetkazib turilgan. G‘oyat og‘ir sharoitga qaramay, xalqimiz urush hududlaridan ko‘chirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani o‘z bag‘riga olib, mehr ko‘rsatgan.

– Bular chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir. Bunday murakkab va shonli g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan matonatli xalqimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Bu qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda buning ahamiyati nihoyatda katta. Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanmoqda. Bugungi avlodlar tinchligi, mamlakatimiz barqarorligi uchun jon fido qilgan insonlar xotirasi hurmat bilan yodga olinmoqda. Ayni vaqtda hayot bo‘lgan mehnat faxriylari va keksalarga ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.

Davlatimiz rahbari bog‘da o‘rnatilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasini ham ko‘zdan kechirdi. U Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Monument parvoz qilayotgan ikki qush shaklida bo‘lib, katta va yosh avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi. 

Asar tarixiy meros va zamonaviy san’atni o‘zida mujassam etgan. Unga QR-havola o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar majmua va urush qahramonlari haqida o‘qishi, “Xotira nuri” kitobini yuklab olishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

    'Samarqandda AYOQSHda yuz bergan yong‘in ikki insonning hayotiga zomin bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:49

    Samarqandda AYOQSHda yuz bergan yong‘in ikki insonning hayotiga zomin bo‘ldi

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in “ZIL” avtomashinaga yoqilg‘i quyilayotgan paytda yuz bergan chaqnash natijasida kelib chiqqan.

    'Jizzaxda ichki ishlar xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:49

    Jizzaxda ichki ishlar xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

    To‘plangan hujjatlar asosida qonuniy qaror qabul qilinishi Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    'Shavkat Mirziyoyev marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:49

    Shavkat Mirziyoyev marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi

    Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilarini ham ziyorat qildi.

    'Yangi harbiy prokuror tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:24

    Yangi harbiy prokuror tayinlandi

    Otabek Xolboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

    'Dollarning rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:05

    Dollarning rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.