5-mayga o‘tar kechasi Rossiya shaharga bir necha “Shahed” kamikadze dronlari va ikkita ballistik raketa bilan hujum qilgan. Hujum oqibatida shahardagi muhim infratuzilma obyekti vayron bo‘lgan, biroq hech kim jabrlanmagan.
Ukraina Qurolli Kuchlari tunda Sum va Zaporijjya viloyatlariga raketa hujumlari, shuningdek, Kirovograd, Dnepropetrovsk, Xarkov, Poltava, Donetsk va Mykolayiv viloyatlari ustida uchgan dronlar haqida xabar bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa tunda mamlakat hududiga yo‘llangan 26 dron urib tushirilganini ma’lum qilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, ulardan 17 tasi Bryansk viloyati, 5 tasi Kaluga viloyati va yana 4 tasi Moskva viloyati osmonida yo‘q qilingan. Hujumlar oqibatida zarar ko‘rganlar yo‘q. Moskvadagi Domodedovo va Vnukovo aeroportlari vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.