Kun davomida bir joyda o`tirib ishlasangiz, «Vorbyov gimnastikasi» nomini olgan mazkur mashqlarni kanda qilmang. Har ikki-uch soatda atigi olti daqiqa vaqt ajratsangiz, kechka borib, mushaklar zo`riqishi, bosh va bel og`riqlari, oyoqlardagi og`irlikni ko`rdim demaysiz!
- Kursida o`tirgan holatda qaddingizni tik tuting. Oyoqning tovon qismini 40 marta ko`tarib tushiring. Bu paytda oyoq uchi harakatsiz qolishi kerak.
- Endi tovonni harakatga keltirmay oyoq uchini yuqoriga ko`tarib tushiring. Buni ham 40 marta bajarasiz.
- Qaddingizni tik tutgancha, qorin mushaklarini chiniqtiring. Nafas olganda qorinni ichkariga tortib, o`pkani bo`shatganda mushaklarni bo`shashtiring. Mashqni 15 marta bajarsangiz kifoya.
- Gavdani tik tutib, kuraklarni bir-biriga, so`ng yon tararfga harakatlantiring. Mashqni 40 marta takrorlaysiz.
- Umurtqadagi zo`riqishni engillatish uchun qo`llarni yon tomonga cho`zib, qo`l kaftini ochib, yoping. Buni ham 40 marta bajaring.
- Boshni o`ng va chap tarafga harakatlantiring. 40 marta takrorlansa kifoya.
- Baqbaqa profilaktikasi mashg`ulotlarning yakuni bo`ladi. Boshingizni tik tutib, daxanni oldinga cho`zing so`ng yana avvalgi holatga qaytaring. Mashqni 40 marta bajargach, engil nafas olishingiz mumkin.