AsosiyDunyo
17161

“Yuzsiz” tug`ilgan qizaloqning tirik qolishiga hech kim ishonmagan edi (Foto)

Er-xotin Tom va Tami Vitmorlarni vrachlar qizaloq dunyoga kelmasdan ilgari tug`iladigan bolada o`zgarish borligi haqida ogohlantirishgan edi.

Ularning oilasida dunyoga kelgan qizaloq — Juliana yuz suyaklarisiz tug`ildi va hayotining ilk 16 kunini inkubatorda o`tkazishga majbur bo`ldi.

Tug`ruqxonadan uyga kelgandan keyin er-xotin qizaloqqa keragidan ortiq mehr-muhabbat berib, g`amxo`rlik qilishdi.

Begonalarning ko`ziga u juda boshqacha ko`rinsa-da, ammo Vitmorlar oilasi uchun katta, do`stona oilaning teng huquqli a`zosi edi.

Juliana bir qancha og`ir operasiyalarni boshdan kechirdi, ammo kutilgan natijalarga erishish uchun yana bir qancha jarayonlarni boshdan kechirishi lozim bo`ldi.

Juliananing ota-onasi Ukrainada ham xuddi unga o`xshash “yuzsiz” qiz borligini bilib, uni ham asrab olishga qaror qilishdi.

Hozirda bu ikki opa-singil tashqi qiyofalari tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni birgalikda engib, bir-birini har tomonlama qo`llab-quvvatlamoqda.

“Lemurov.net” nashri

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar