​Almatida 11 yoshli bolani o`gay onasi o`ldirdi

Dunyo 23.01.2017, 11:56
Teglar: Fojia, Ona, Bola, Ona va bola, Qozog`iston
​Almatida 11 yoshli bolani o`gay onasi o`ldirdi

Qozog`istonning Almati shahrida yashovchi, 6-sinf o`quvchisi Orken Azamat o`g`li 19 yanvar kuni bedarak yo`qolgan edi, 22 yanvar kuni Nauruzbay tumanidagi dala hovlilardan birining erto`lasidan uning ko`milgan jasadi topildi, deb xabar beradi “Tengrinews.kz” nashri.

Qotillar uni bo`g`gandan keyin tanasiga bir necha marotaba pichoq urishgan va jasadni dala hovlilardagi uylardan birining erto`lasiga ko`mishgan.

Almati ichki ishlar departamenti mabuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, mazkur qotillikni bolaning 1980 yilda tug`ilgan o`gay onasi va uning to`rt nafar hamtovog`i amalga oshirgan. Ularning orasida ayolning birinchi nikohidan bo`lgan o`g`li va qizi ham bor. Ayol mazkur qotillikni bolaning otasi bo`lgan turmush o`rtog`idan qasd olish maqsadida amalga oshirgan.

Jinoyatni rejalashtirgan ayol avval Shimkent shahrida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan o`g`lini chaqirgan. O`g`li o`z do`sti bilan kelgan. Ayol agar ular bolani o`g`irlashsa, 100 ming tenge berishga va`da bergan. Shundan keyin ayolning 1997 yilda tug`ilgan qizi, o`g`li va uning do`sti bir necha kun mobaynida bolani poylashgan va 19 yanvar kuni o`g`irlab ketishgan.

Bekatda turgan bola oldiga kelib to`xtagan avtomshana ichidagi o`gay aka va opasini ko`rib, hech nimadan xavfsiramay mashinaga o`tirgan. Avtomashina haydovchisining ham qotillikdan xabari bo`lgan. Ular to`rt kishi bo`lib, bolani o`g`irlab, ayol oldindan tayyorlab, ijaraga olib qo`ygan Nauruzbay tumanidagi dala hovlilardan biriga olib borishgan. Ular avvaliga bolani bo`g`ib, keyin etti marotaba pichoq sanchishgan va jasadni uy erto`lasiga ko`mishgan.

Bolaning buvisi uning yo`qolganligi to`g`risida ariza yozdi. Ayolning o`g`li do`sti bilan Shimkent shahriga ketayotganda qo`lga olindi. Bola shu paytgacha buvisi bilan yashagan. Keksa ayolning so`zlariga qaraganda, nevarasi juda aqlli bola bo`lgan, undan beso`roq hech qayoqqa ketmagan. “Kelinim o`g`lim bilan juda ko`p janjallashardi. Ularning nikohidan yana bir qiz nevaram bor.Oxirgi paytlarda u o`g`lim bilan ajrashmoqchi bo`lib yurgandi. Kelinim o`g`limdan qasdini olish maqsadida nevaramni o`ldirgan”, deb tasdiqladi bolaning buvisi.

Ayni paytda jinoyatchilarga nisbatan Qozog`iston respublikasi JK ning 99- 125, ya`ni “Qotillik” va “Odam o`g`irlash” moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Qozog`istonning Toshkent viloyatiga chegaradosh hududida suv toshqini kuzatilmoqda (video)

02.02.2023, 11:56

Turkiston viloyatidagi qator hududlarda kuchli suv toshqini kuzatilmoqda. Ma`lumotni Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqladi.Ma`lum qilinishicha, Qozog`istonda Kentau va Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanda suv...
Lavrov Rossiya Qozog`istonda “ikkinchi Ukraina” tashkil etishi haqidagi savolga javob berdi

01.02.2023, 11:14

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog`istonda “ikkinchi Ukraina” tashkil etilishi haqidagi savolga javob berdi.“Yana bir bor ta`kidlamoqchimanki, Rossiya-Qozog`iston ittifoqining yanada rivojlanishiga qarshi bo`lganlarning barcha...
Qozog`istonda 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani haqiqatdan yiroq — O`zbekiston SSV

20.01.2023, 11:47

Sal avval Qozog`istonning Olmaota shahrida 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi va mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi bu ma`lumotni rad etdi. “Seftriakson"ga nisbatan ko`ngilsiz...