AsosiySalomatlik
4777

​Umurtqangizga og`irlik tushirishdan ehtiyot bo`ling!

'​Umurtqangizga og`irlik tushirishdan ehtiyot bo`ling!'ning rasmi

Ma`lumki, inson harakatidagi og`irlik avvalambor umurtqaga tushadi. Shuni unutmaslik kerakki, bosh suyagimiz, qo`l-oyoq suyaklarimizning sog`lom bo`lishi ham umurtqaga bog`liq. Umurtqaning inson uchun yana bir muhim xizmati bor. Odamning miyasi umurtqa qayishqoq g`ilofi ichiga joylashgan, umurtqalar shaklan bir xil ko`rinsa ham, katta-kichik hajmda bo`lib, bir-biri bilan yumshoq tog`aylar orqali biriktirilgan, bamisoli tik turgan ustunga o`xshaydi. Shu ustun ichiga oq-sariq miya suyuqligi joylashadi.

Bosh miya odamning barcha fikr-o`ylarini, sezgilarini shuningdek, ichki a`zolar ishini boshqarsa, umurtqa ichiga joylashgan orqa miya tanamizdagi barcha a`zolarimizning jismoniy harakatini boshqaradi.

Shunga ko`ra, umurtqa yuqoridan pastga tomon bo`linmalardan iborat, bo`yin, ko`krak, bel, dumg`aza, quymich kabilar shular jumlasidandir. Bu bo`linmalarning har biri o`ziga xos vazifani bajaradi. Masalan, elkadan boshgacha bo`lgan oraliqdagi 7 ta bo`yin umurtqasi boshimizni, ko`zimizni, qulog`imizni, burnimizni va og`zimizning salomatligiga aloqador. Kimki har kuni boshini chapga, o`nga burib va o`z o`qi atrofida aylantirib, bosh, bo`yin uchun turli badantarbiya mashqlarini bajarsa, uning bosh va bosh atrofidagi a`zolariga ijobiy ta`sir qiladi, sog`ligi yaxshilanadi.

Umurtqaning pastqi qismida, ya`ni beldan to dumg`aza — quymichgacha bo`lgan masofada joylashgan 7 ta umurtqa oyoq, bel salomatligiga to`g`ridan-to`g`ri aloqador. Demak, kimki har kuni yoki ikki kunda bir loaqal 3 kunda bir bo`lsa ham, atigi 10-15 daqiqa sekin, lo`killab yugursa-yu, so`ng tizzalarini egmagan holda qo`l kaftlarini erga bir necha bor egilib, tegizsa, u odamning umurtqasi, beli, oyoqlari doimo sog`-salomat bo`ladi.

Ko`krak umurtqalari joylashgan er ko`krak qafasi hisoblanadi. Undagi qovurg`alarimiz umurtqaga tutashgan bo`lib, bamisoli ichki a`zolarimizni asrab turuvchi «qo`llar» hisoblanadi. Shunga ko`ra, ko`krak umurtqalari shikastlansa, ko`krak qafasida ham xastalik paydo bo`ladi.

Hamma suyaklar qatori umurtqa ham oziqlanishga, parvarishga muhtojdir. Xalq tabobatida umurtqa nuri-malham bilan oziqlantiriladi. Bunday ozuqani zamonaviy tibbiyotda «D» vitamini deb atashadi. Nuri-malhamning eng ko`p manbai kuyosh nuri bo`lib, kimki yozda ozmi-ko`pmi umurtqasi ustiga dog` qilingan paxta yog`i surkab, oftobga toblab, qoraytirsa, u odamning umurtqasi dard ko`rmaydi.

Shuningdek, umurtqani parvarish qilish borasida uning salomatligini ko`zlab, hech bo`lmaganda haftada 1-2 marta uni iliq suvga tutib, isitish koni foydadir.

Bordi-yu, biron-bir sababga ko`ra umurtqa shikastlansa, uning ustiga ataladan quyuqroq holda mo`miyoni 10-15 kun surkab, kuniga 1 grammni iliq suvda eritib ichib turilsa, mutloq shifo topib ketishga yuz foiz kafolat bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar