AsosiyDunyo
8845

​Nyu-Yorklik to`polonchi egizaklar (Video)

'​Nyu-Yorklik to`polonchi egizaklar (Video)'ning rasmi

Nyu-yorklik 2 yoshli egizaklar Endryu va Rayanning ota-onasi ularning nima uchun uxlamasliklarini bilish maqsadida bolakaylarning yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o`rnatdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Kadrda eshik yopilishi bilan egizaklar osonlik bilan manejdan chiqishlari, birgalikda o`yin o`ynab, bir-biriga yostiq irg`itgani, to`polon qilgani aks etdi. Egizaklarning ota-onasi bolalarni joyiga yotqizgandan keyin ham ular o`z bilganidan qolmay, yana bezorilikni davom ettirishgan. Egizak Jonatan va Susannalarning tungi sarguzashtlari aks etgan videorolik Facebook sahifasiga joylashtirildi va bir haftada uni 12 million foydalanuvchi tomosha qildi. FOX telekanali sahifasida esa mazkur videorolikni 66 milliondan ortiq odam tomosha qilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar