AsosiyHi-tech

​Telegram’da qo`ng`iroqlar funksiyasini qanday ishga tushirish mumkin?

'​Telegram’da qo`ng`iroqlar funksiyasini qanday ishga tushirish mumkin?'ning rasmi

30 mart kuni Telegram’da ovozli qo`ng`iroqlar funksiyasi paydo bo`ldi.

Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.

Dastlab ular faqat G`arbiy Evropa foydalanuvchilari uchun mo`ljallangani, boshqa mamlakatlarda esa undan bir necha kundan keyin foydalanish mumkin bo`lishi aytilgandi.

Nashrning yozishicha, qo`ng`iroqlarni hozirning o`zidayoq ishga tushirish mumkin. Funksiya to`g`ri ma`noda virus kabi tarqalmoqda. Agar tanishlaringizdan birortasida qo`ng`iroqlar funksiyasi ishlayotgan bo`lsa, undan sizga qo`ng`iroq qilishni so`rang, shunda sizda ham bu funksiya ishga tushadi. Faqat, dasturning so`nggi versiyasini o`rnatishingiz kerak, aks holda sizga qo`ng`iroq qilisha olmaydi.

Telegram qisqa vaqt ichida faqat 50 marta qo`ng`iroq qilish imkonini beradi, shundan so`ng ushbu imkoniyatni bloklab qo`yadi — bu, ehtimol vaqtinchalik bo`lishi mumkin. Ammo, shu tariqa, foydalanuvchilar yangi funksiyaning virusli reklamasida ishtirok etish bilan birga, uni biryo`la sinovdan ham o`tkazmoqda: bu — oqilona reklama yo`li, deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar