AsosiySUG'DIYONA

​Boshqalar havas qiladigan oilamisiz, yoki...

'​Boshqalar havas qiladigan oilamisiz, yoki...'ning rasmi

Turmush o`rtog`ingiz bilan qay darajda bir-birngizga mosligingizni tekshirib ko`ring. Quyidagi test sizga yordam beradi.

1. Siz sayohatga turmush o`rtog`ingizsiz chiqa olasizmi?

A. Ha, uning imkoni bo`lmasa, o`zim ketaveraman.

V. U ham, men ham bunday qilolmaymiz.

S. Albatta. Bir-birimizni uzoq ko`rmasak, sevgimiz kuchliroq bo`ladi.

2. Mehmon kelishidan oldin turmush o`rtog`ingiz bilan urishib qoldingiz. Mehmonlar oldida o`zingizni qanday tutasiz?

A. Hech kim hech nimani bilmasligi uchun harakat qilasiz.

V. Ulardan siringizni yashirmaysiz.

S. O`zingizni quvnoq ko`rsatishga harakat qilasiz, lekin eringizga undan xafaligingizni bildirib qo`yasiz.

3. Quyida keltirilgan qaysi maqolni siz o`zingiz uchun mos deb hisoblaysiz?

A. Salomga yarasha alik.

V. Tavakkalning boshi kal.

S. Och qornim - tinch qulog`im.

4. Eringiz televizorning ovozini baqirtirib, tomosha qilyapti. Bunday holatda unga nima deysiz?

A. “Darhol ovozini pasaytiring”.

V. “Quloqchin taqib olsangiz bo`lmaydimi?”

S. “Azizim, kechirasiz, ovozini biroz pasaytirolmaysizmi?”

5. Oilaviy do`stlaringiz bilan restoranda kechki ovqatga yig`ilgandingiz. Eringiz kechga qolyapti. Nima qilardingiz?

A. Uningsevimli taomini buyurtma qilasiz.

V. Qo`ng`iroq qilib, nima bo`lganini so`raysiz.

S. Kelishini sabr bilan kutasiz.

Javoblaringizni hisoblang:

1 2 3 4 5

A 3 3 1 2 1

V 1 2 2 3 3

S 2 1 3 1 2

Ballaringizni hisoblang.

5-8 balgacha:

Sizlarning o`rtangizdagi munosabat jiddiy va samimiy. Lekin bu hammasi joyida, degani emas, orangizda muammolar ham bo`lib turadi. Bir-biringizni tushunish uchun ba`zida bir-biringiz bilan qattiq tortishib qolishga ham to`g`ri keladi.

9-12 balgacha

Siznnig munosabatlaringiz juda ehtirosli, jo`shqin. Janjallashganda hech kim bir-biriga yon berishni istamaydi. Ikkalangiz ham murosa san`atini o`rganishingiz lozim.

13-15 balgacha

Siz ajoyib umr yo`ldoshsiz, bir-biringizga joningizni berishga tayyorsiz. Lekin esingizdan chiqmasin, muhabbat har doim yangilik va kutilmagan o`zgarishlar bilan mazmunli bo`ladi. Shunga ko`ra harakat qiling.

    Boshqa yangiliklar