AsosiySUG'DIYONA

​Klassik duet — kartoshka va qo`ziqorinli toblama

'​Klassik duet — kartoshka va qo`ziqorinli toblama'ning rasmi

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 1 kg. yangi kartoshka, 700 gr. shampinon qo`ziqorin, 200 ml. qaymoq, 200 gr. pishloq, 1 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 4 osh qoshiq zaytun yog`i, yarim bog` shivit, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Shampinonlarni yupqa qilib, piyozni esa halqa shaklida to`g`rang.

2. Qizdirilgan zaytun yog`ida piyozni tilla rangga kirguncha qovuring. Keyin shampinonlarni qo`shib, 5 daqiqa qovurishda davom eting.

3. Kartoshkani aylana shaklida yupqa to`g`rang-da, ezilgan sarimsoq piyoz bilan aralashtiring.

4. Chuqurroq idishga avval kartoshkaning yarmini, keyin qovurilgan piyoz va qo`ziqorinni soling. Qolgan kartoshkani ham solib, ustidan qaymoqning yarmini quying. Idish ustini zar qog`oz (folga) bilan yopib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.

5. Pishloqni qirg`ichning katta tomonidan o`tkazing. Keyin kartoshka toblamaning zar qog`ozini olib tashlab, qolgan qaymoq va pishloqni solib, yana 10 daqiqa gaz pechida qoldiring.

6. Shivitni maydalab to`g`rab, toblama yuziga seping-da, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 yarim soat.

Boshqa yangiliklar