AsosiySUG'DIYONA

​Pullar qanday hamyonda o`zini yaxshi his qiladi?

'​Pullar qanday hamyonda o`zini yaxshi his qiladi?'ning rasmi

Hamyonda “baxtli tanga” bo`lishi kerak, bu - birinchi ishlab topgan pulingizdan yoki omadga erishgan insondan olingan bo`lishi mumkin.

Hamyoningiz hamisha to`la bo`lishini istaysizmi? Buni kim ham istamaydi, dersiz. Psixologlarning ta`kidlashicha, buning uchun hamyonni to`g`ri tanlay bilish va ba`zi qoidalarga amal qilish lozim ekan...

1. Chiroyli, salobatli bo`lsin.

Arzon hamyon pul chaqira olmaydi, chunki uning o`zida kambag`allik quvvati bor.

Qimmat hamyonga pulingiz etmayotgan bo`lsa, o`rtacha narxdagisini tanlang, asosiysi, u salobatli ko`rinsin. Pulingiz ko`pligi haqida fikr tug`dirishga xizmat qilsin.

2. Kengligi muhim.

Pullar keng hamyonda o`zini yaxshi his qiladi. Har qanday, hatto yirik pullar ham unga bemalol sig`ishi kerak, qayrilib qolmasligi lozim. Nega yirik pullar hamyoningizga kelmayotganiga ajablanyapsiz. Demak, siz ularni chin dildan kutmayapsiz, shuning uchun ular hamyoningizda paydo bo`lmayapti. Bundan tashqari, hamyonda mayda pullar uchun qulay va alohida joy ham bo`lishi kerak.

3. Tabiiy matodan bo`lsin.

Hamyon tanlayotganingizda u toza charmdan, zamshdan, umuman, tabiiy matodan tikilganiga e`tibor bering. Chunki tabiiy matolar pul quvvatini a`lo darajada o`tkazadi. Polietilen kabi sun`iy matolardan qoching, ular o`zida hech qanday quvvatni saqlamaydi. Ustiga-ustak, sun`iy bo`lganligi uchun ular pulning tabiiy quvvat manbaini to`sib qo`yadi.

Shuning uchun hamyonni bozordan emas, do`konlardan xarid qilganinigiz ma`qul. Xuddi o`sha narxda sizga bozorda toza charm o`rniga kleyonka qoplanganini aldab o`tkazishlari mumkin.

4. Rangi ham muhim.

Hamyon rangi – er va temirga yaqin ranglar bo`lishi lozim. Bular to`q malla, qora, sariqnnig barcha turi, kumush va tillarang.

Suvga oid ranglar – havorang, ko`k, yashil rangli hamyonlardan pul qochadi.

Pul chaqirishi uchun hamyonga nima solish kerak?

An`analarga ko`ra, pul chaqirishi uchun hamyonga bir-biriga bog`langan uchta xitoy tangasini solib qo`yish kerak. Maxsus sovg`a do`konlarida bunday tangalarning tayyori sotiladi, lekin siz pullarni qadrlashingizni, ularni yaxshi ko`rishingizni aytib, tangalarni o`zingiz bir-biriga bog`lasangiz, natijasi yaxshi bo`ladi.

Fen-shuydan yana bir maslahat – hamyoningizga bir bosh uzum rasmi tasvirlangan surat, choy yoki yalpiz bargi solib qo`ying, bu meva va o`simliklar hamyon egasiga pul borasida omad olib kelish imkoniga ega ekan.

Bundan tashqari, hamyonga dukkakli o`simliklar va dolchin solish ham tavsiya etiladi. Bular pulni chaqiribgina qolmasdan, ularni saqlar ham ekan.

Bir dollarlik kupyura ham pul chaqirish quvvatiga ega.

Rus xalqi odatiga ko`ra, hamyonga bir parcha erqalampir(xren) ildizini solib qo`yishadi. Bu o`simlik moddiy quvvatni ko`p miqdorda o`ziga tortadi. Buning uchun xren ildizini bozordan sotib olmasdan, o`zingiz kavlab, quritishingiz lozim.

Moddiy energiya manbai archagulda ham ko`p miqdorda to`planadi. Shuning uchun archagulning kichkina novdasini hamyoningizga solib qo`ying.

Pulga qanday muomala qilish kerak?

Hamyonga pullarni “gulini guliga moslab”, tekislab, taxlab, katta-kichikligiga qarab, oldin yirik pullarni, keyin maydalarini solish kerak.

Hamyonni hech qachon bo`sh qoldirmang, hech bo`lmaganda unda bir dona tanga tursin.

Hech qachon pulingizni oxirgi tiyinigacha sarflamang.

Hamyonda “baxtli tanga” bo`lishi kerak, bu - birinchi ishlab topgan pulingizdan yoki omadga erishga insondan olingan bo`lishi mumkin. Bu tangani ishlatmang, u boylikning baxtli tumori bo`lib tursin.

Yutib olingan, noto`g`ri yo`l bilan topilgan, topib olingan, hadya qilingan pullar omad keltirmaydi, shunnig uchun ularni hamyonda ushlab turish kerak emas. Ularni muhtojlarga bering yoki tezroq ishlatib yuboring.

Pulingiz ko`p bo`lishi uchun ularni ardoqlash va ehtiyotkorlik bilan muomala qilish lozim. Har bir qo`lingizga tushgan pulni albatta tekislab, keyin hamyoningizga soling.

Eski lash-lushlardan voz keching!

Hamyoningizda keraksiz cheklar, telefon raqamlari yozilgan turli eski va g`ijimlangan qog`ozchalar va boshqalar bo`lsa, pullar u erga “bormaydi”.

Yaqinlaringiz - eringiz va bolalaringiz suratini hamyondan chiqaring.

Birinchidan, suratlar pulnnig quvvatini o`ldirishi aniq, ikkinchidan, pullarning o`zi suratlar orqali yaqinlaringizga “o`tib ketishi” mumkin. Hamyoninngiz suratlar uchun emas, faqat pul uchun xizmat qilsin.

Qanday hamyondan tezroq voz kechish kerak?

Yirtilgan, teshilgan, uringan hamyon kambag`allik chaqirarkan. Chunki unga tushishni pul xohlamaydi. Tushgan taqdirda ham yirtiqlardan pullarnigiz quvvati chiqib ketadi. Shunnig uchun eski hamyondan tezda xalos bo`ling.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar