Ona sayyoramizda odamlar ko`paygani sari axlat ham ko`paymoqda, deb xabar berdi Interesno.cc nashri.
Agar Er yuzini axlatdan tozalash haqida o`ylamas ekanmiz, barcha tirik jonzot qirilib ketishi tabiiy holdir. Quyidagi achinarli suratlarni tomosha qilsangiz, bunga o`zingiz amin bo`lasiz.

1. Kichkina paytida plastik aylana ichiga kirib qolgan, undan qutila olmagan va yaxshi rivojlanmagan toshbaqa.

2. Plastik chiqindiga o`ralashib qolgan toshbaqa…

3. Mazkur koalaning endi boshpanasi yo`q

4. Butun tanasi hayot uchun xavfli neft plyonkasi bilan qoplangan qush …

5. Aholi zich yashovchi Yava orolidagi axlatga to`lib-toshgan to`lqin

6. Sayyohlar uchun Gonkongning soxta ko`rinishi

7. Plastik chiqindilarni iste`mol qilib halok bo`lgan albatros

8. Plastik plyonkaga o`ralib qolgan laylak

9. Bu bola har kuni axlatga to`lib-toshgan daryodan plastik idishlarni yig`adi va oilasiga yordam berish uchun uni 35 sentga sotadi

10. Neftga sho`ng`igan pingvinlar

11. Tumshug`iga plastik banka tiqilib qolgan tyulen

12. Axlat orasida suzayotgan hindistonlik bola

13. Mazkur dengiz mushugi o`z hududida ham o`zini xavfsiz his qilolmaydi

14. Xitoyning Yunnan viloyatidagi ifloslangan Fuyuan soyidan suv ichayotgan bola

15. Neft to`kilgan joydagi qush

16.AQShning Kaliforniya shtatidagi 1899 yildan beri faoliyat olib borgan Kern-River neft koni

17.Markaziy Xitoyning Xubey viloyatidagi Uxan daryosidagi o`lik baliqlarni yig`ishtirayotgan erkak

18. 20 million aholisi bo`lgan Mexiko shahrining manzarasi

19. Lyaoninning Dalyan portida to`kilgan neftni yig`ishitirib olishga harakat qilayotgan ishchi

20. Pekin bo`ylab sayohat qilayotgan qiz. Shahar havosidagi zararli zarrachalar xalqaro xavfsizlik standartlaridan 40 barobar yuqoridir

21. Iflos suvda cho`milayotgan xitoylik bola

22. Axlatga to`la Bangladesh






