AQShning sobiq prezidenti Barak Obama oq tanli qizga uylanishga jur`at etolmagan, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri Devid Gerrouning Barak Obamaning hayoti haqida yozilgan memuar asariga tayangan holda .
Barak Obama bunday irqlararo teng bo`lmagan nikoh uning siyosiy muvaffaqiyatiga ta`sir qiladi, deb hisoblagan.
Obama yoshligida yapon va niderland millatiga mansub ota-onadan dunyoga kelgan Sheyla Miyoshi Jager degan qizga ko`ngil qo`ygan. U 1986 yilda qizga muhabbat izhor qilgan, ammo qizning otasi “bunday qora tanli yigit oilani iqtisodiy jihatdan ta`minlay olmaydi”, deb hisoblab, ularning nikohiga qarshilik qilgan. Keyinchalik ular irqiy kelishmovchilik tufayli ajrashib ketishgan. Illinoys shtatining senatori qora tanli Richard Nyuxaus ham oq tanli ayolga uylangani tufayli siyosat har doim uning rafiqasini qoralab kelganini ko`rgan Barak Obama oq tanli qizga uylanishga jur`at etolmagan.
Eslatib o`tamiz, Barak Obama va uning rafiqasi memuarlar yozishga qaror qilgan. Memuarlar alohida ikkita kitob bo`lsa-da, ular bu kitoblarni birgalikda sotishni rejalashtirishgan.