1

​Bolaga qachondan va qancha qulupnay berish mumkin?

SUG'DIYONA 10.05.2017, 12:16
Teglar: Salomatlik, Bola, Bojxona
​Bolaga qachondan va qancha qulupnay berish mumkin?

May oyi ayni qulupnayning g`arq pishgan pallasi. Qancha xohlasangiz, shuncha eyishingiz mumkin. O`sib kelayotgan bolaga ham bu mazali mevadan bergimiz keladi. Ammo ko`pchilik onalar bu meva allergiya beradi deb, qachon va qancha berish ustida bosh qotiradilar. Quyida ushbu savollarga javob beramiz.

1. Qulupnay antioksidantlarga boy, organizmdan toksinlarni haydovchi reza meva hisoblanadi. Uning tarkibidagi shakarni bola oshqozoni yaxshi hazm qiladi. Shuningdek, meva tarkibidagi A, S va V1 vitaminlari ko`rish qobilyatini yaxshilaydi, immunitetni oshiradi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Qulupnaydagi kalsiy va fosfor moddalari esa bolanig o`sishiga ko`maklashadi. Ko`rib turganingizdek, qulupnay bola uchun foydali meva.

2. Qulupnay tarkibida gistamin moddasi mavjud bo`lgani uchun yoshiga etmagan bolalarga qulupnay mumkin emas. Oylik bolalar uchun reza mevalardan qorag`at va smoridinagina mumkin. Ularni oz-ozdan bo`tqaga qo`shib, bola oshqozini o`rgatsangiz bo`ladi.

3. Bola 2 yoshga to`lgandan so`ng unga qulupnayni berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so`ng berib ko`ring. Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi reza mevaga o`rgatasiz.

4. Agar kichkintoyingizning organizmi qulupnayni yaxshi qabul qilsa, 3 yoshga to`lgunicha bir kunda uning kaftlariga sig`adigan miqdordagina qulupnay bering. Undan ortiq emas. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha 3 yoshdan so`ng qulupnayga bo`lgan allergiya o`z-o`zidan o`tib ketadi. Ammo bu ham nisbiy ko`rsatkich bo`lib, ba`zi kichkintoylarda 5 yoshdan keyin o`tib ketishi mumkin.

5. Qulupnay allergiyaga sabab bo`lganida, quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • Tanaga toshmalar toshadi;
  • qorinda og`riq paydo bo`ladi;
  • yo`tal, hansirash va qaysarlik, injiqlik ham kuzatiladi. Nima bo`lganda ham shifokorga murojaat qiling.
  • 6. Bolaga qulupnayni tvorogga, bo`tqalarga, quymoqlarga qo`shib bersangiz yoki undan sharbat, mevali salatlar tayyorlab bersangiz, allergiya qo`zg`atuvchilar kamayadi.

    Sharhlar

    Toshkentda 175 million so`mlik jami 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi (foto)

    30.09.2022, 19:13

    Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent noqonuniy muomaladan olib qo`yilgan 175 million so`mlik jami 25 ming quti tamaki mahsulotlari yo`q qilindi. Bojxona xodimlari huquq-tartibot idoralari xodimlari...
    "Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i qo`lga olindi

    08.07.2022, 12:01

    Farg`ona aeroportidagi bojxonachilarning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, "Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i vazifasini bajaruvchi A.S....
    «Andijon» bojxona posti boshlig`i va uning ikki xodimi hibsga olindi

    07.04.2022, 13:47

    Xabaringiz bor, 2022 yil 17 fevral kuni Prezident bojxona tizimini yanada isloh qilish va korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazib,  Davlat bojxona qo`mitasiga...
    Andijonda noqonuniy kosmetika vositalari aniqlandi

    14.12.2021, 21:50

    Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.Xususan, Andijon aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro Z.O`....
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1