AsosiyDunyo
5209

​Plyushenko Putinni dunyoning eng sportchi prezidenti, deb atadi

'​Plyushenko Putinni dunyoning eng sportchi prezidenti, deb atadi'ning rasmi

Figurali uchish bo`yicha ikki karra olimpiya chempioni Evgeniy Plyushenko Tungi xokkey ligasining gala-matchidan so`ng Vladimir Putinni dunyoning eng zo`r sportchi prezidenti, deb atadi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Sobiq sportchi Instagtam sahifasiga quyidagi so`zlarni yozdi:

“Biz “Xokkey afsonalari” gala-matchida Tungi terma xokkey ligasiga yutqazdik. Bugun ilk marotaba yutqazganimiz alam qilmadi, chunki prezidentimizning jamoasi g`alabaga erishdi. Vladimir Vladimirovich mohirona tarzda oltita shayba kiritdi. Haqiqatan ham prezidentimiz ulug` odam va dunyoning eng zo`r sportchi prezidentidir!”

Uchrashuv Sochi shahrining “Bolshoy” muz saroyida 10 may kuni bo`lib o`tdi va tarkibida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya xokkey terma jamoasining sobiq xokkeychilari Pavel Bure va Valeriy Kamenskiylar bo`lgan “Xokkey afsonalari” jamoasining 17:6 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Mazkur jamoa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan tuzilib, uning tarkibi sobiq xokkeychilardan iboratdir. Rossiya prezidentining o`zi ham liganing gala-matchlarida 2012 yildan beri ishtirok etib keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar