Yaponiyaning Saytami shahrida yashovchi erkak 30 soniya davomida 10 metrli arg`amchidan 20 marotaba sakrab, dunyo rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
11 may kuni YouTube kanaliga joylashtirilgan mazkur videorolik foydalanuvchilar tomonidan 750 ming marotaba tomosha qilindi.
Rekord o`rnatgan Sada ismli erkak maktabda o`qib yurgan paytlaridayoq arg`amchidan sakrashga qiziqqan. Universitetda o`qiyotganida esa muntazam ravishda arg`amchida sakrashni mashq qilgan.