AsosiyDunyo
4082

​Tramp Kolumbiya rahbariga “kakaoga qarshi kurashishga” va`da berdi

'​Tramp Kolumbiya rahbariga “kakaoga qarshi kurashishga” va`da berdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp o`tkazilgan matbuot anjumanida Kolumbiya rahbari Xuan Manuel Santosga koki nomli giyohvandlik moddasi o`rniga kakao bilan kurashishga va`da berdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

U bu haqda shunday dedi: “O`tgan yili kakao etishtirish va kokain ishlab chiqarish (Kolumbiyada) rekord darajaga etdi. Bu kamchiliklar yaqin kunlarda bartaraf etilishiga umid qilaman”.

“Koka” (coca) va “kakao” (cocoa) so`zlari xuddi bizdagi kabi ingliz tilida ham juda o`xshash so`zlardir. Matnda ko`rsatilgan “koka” so`zini talaffuz qilishda qiynalgan Donald Tramp uni “kakao”, deb qo`ya qoldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar