1

​Ona sayyoramizning echimi topilmagan, aql bovar qilmaydigan 12 jumbog`i

Dunyo 24.06.2017, 11:06
​Ona sayyoramizning echimi topilmagan, aql bovar qilmaydigan 12 jumbog`i

Bizningcha, koinotni zabt etish uchun sayyoramiz ham eniga, ham bo`yiga o`rganib chiqilgan, deb xabar beradi Adme.ru nashri. Aslida esa bunday emas. Har kuni olimlar birorta ixtiro qilishadi yoki sayyoramizda hali hech kim echimini topolmagan biror hodisaga guvoh bo`lishadi. Quyida sizni hali bosh qotirishga to`g`ri keladigan Erga oid 12 ta fakt bilan tanishtiramiz.

Biz hali Erning ichki qobig`iga etganimiz yo`q


Seysmologlarning fikricha, sayyoramizning ichki yadrosi qattiq, ustki qatlami esa suyuq va qaynoqdir. Erning ichki qobig`idan yuqorida ustki qatlam joylashgan. Ammo shu kunga qadar ichki qatlamga etib bormaganligimiz tufayli uning nimadan tashkil topganidan bexabarmiz. U 30-2900 kilometr chuqurlikda joylashgan bo`lib, odamlar qazgan eng chuqur “o`ra” — Rossiyadagi Kol qudug`i (skvajina) 12,3 kilometr chuqurlikni tashkil etadi.

Qutblar o`zgarishi mumkin


Erning magnit qutblari surilishi yoki butunlay o`z yo`nalishini o`zgartirishi mumkin. Vulqon toshlarini o`rgangan olimlar sayyoramizning magnit qutblari ko`p bora o`zgarganligini aniqladi. Bunday voqea 10 million yil ilgari sodir bo`lib, u kelajakda ham ro`y berishi mumkin. Ammo haligacha bunga nima sabab bo`lishini hech kim bilmaydi.

Ilgari Oy ikkita bo`lgan


Astronomlarning so`zlariga qaraganda, bundan 4,6 million yil ilgari Erning yo`ldoshi ikkita bo`lgan. Ikkinchi yo`ldosh 1200 kilometr diametrda, o`sha orbitada “asosiy” Oy bilan to`qnashgunga qadar harakatlangan. Mazkur fojia tufayli Oyning ikki tarafi bir-biridan keskin farq qiladigan ahvolga kelgan.

Oydagi yoriqlar


Erning yo`ldoshi bo`lmish Oy haqida gap ketar ekan, zilzila faqat Erda emas, Oyda ham bo`lishi ma`lum bo`ldi. Ammo buni hamma ham bilavermaydi. Erdagidan farqli ravishda Oydagi zilzilalar kuchsiz va juda kamdan-kam hollarda sodir bo`ladi. Zilzila sodir bo`lishiga Quyosh va Er to`lqinlarining ko`tarilishi, meteoritlar tushishi sabab bo`ladi.

Er nihoyatda tez aylanmoqda


Er soatiga 1600 kilometr tezlikda aylanmoqda. Quyosh atrofini esa yanayam tez — soatiga 108 ming kilometr tezlikda aylanadi. Biz Erning harakatlanishini sezishimiz uchun uning tezligi o`zgarishi lozim. Aylanish tezligining doimiyligi va tortishish kuchi tufayli biz buni mutlaqo sezmaymiz.

Vaqt “ortib” bormoqda


620 million yil ilgari Erda kun 21,9 soatga teng bo`lgan. Vaqt o`tgan sari Erning aylanish tezligi sekinlashib, 100 yilda 70 millisekundga aylangan. Sutkada 25 soat bo`lishi uchun 100 million yil kerak bo`ladi.

G`alati gravitasiya


Erning tortishish doirasi ideal darajada bo`lmaganligi tufayli, Erda past va yuqori tortishish kuchlari bo`lgan nuqtalar mavjud. Mana shunday gravitasion anomaliyalardan biri — Kanadadagi Gudzon ko`rfazidir. Olimlar bu erdagi past gravitasiyaning mavjudligini muzliklarning tez erishi tufayli Erning zichligi kamayishi bilan bog`ladi.

Erning eng issiq va sovuq nuqtasi


Sayyoramizning eng issiq joyi Liviyadagi El-Aziziyadir. Bu erda havo harorati +58 °S gacha ko`tariladi. Eng sovuq joy esa — Antarktikadir. Qishda Antarktidada harorat 73 °S gacha tushib ketadi. Eng past, ekstremal harorat 1983 yilning 21 iyulida ruslarning “Vostok” stansiyasida kuzatilgan. O`shanda havo harorati —89,2 °S ekanligi qayd etilgan.

Er juda ifloslangan


Mazkur ma`lumot hech kim uchun yangilik emas. Ammo shunisi qiziqqi, astronavtlarning so`zlariga qaraganda, 1978 yildagi Erning fazodan ko`rinishi hozirgisidan keskin farq qilar ekan. Fazoviy chiqindi va axlat miqdori ko`pligidan sayyoramiz och yashil, ko`kimtir rangdan, qora-kulrang, jigarrang tusga kirgan.

Er temir, kislorod va kremniydan tashkil topgan


Agar biz Erni tarkibiga ko`ra bo`lsak, u quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: 32,1 % — temir, 30,1 % — kislorod, 15,1% — kremniy va 13,9 % — magniydan iborat. Temirning asosiy 90 % Erning yadrosida, deb hisoblanadi. Kislorod esa erning ustki qatlamida bo`lib, u 47 % ni tashkil etadi.

Qachonlardir Er binafsha rangda bo`lgan


Qadimiy o`simliklar quyosh nurlarini qabul qilish uchun xlorofilldan emas, balki retinal pigmentidan foydalangan. Retinal tufayli ular yashil nurni yutib, qizil va nafarmon ranglar aralashmasidan, binafsha rang vujudga kelgan, mazkur rangni aks ettirgan. Darvoqe, retinal hozirga qadar ba`zi bir bakteriyalar tarkibida mavjuddir.

Yashirin okean


Erning sirtidan 410-660 kilometr chuqurlikda olimlar 2,7 milliard yillik ulkan suv zahirasi borligini aniqlashdi. Mazkur suvning bosimi shu qadar yuqoriki, u Er yuzidagi barcha okeanlarni 3 marotaba to`ldira oladi. Mazkur kashfiyot tufayli Er yuzidagi barcha okeanlar tashqariga chiqqan er osti okeanlari tufayli vujudga kelgan, degan nazariya paydo bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1